So’nggi yangiliklar

13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  9 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  3 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  7 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  3 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  13 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  2 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  8 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  2 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  6 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  26 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  8 06:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 2:1   0 06:40Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Маъруфалиев: "Бухоро"да янги мураббий таъсири кўринди, Фарғонада тенг ўйин бўлди. Лекин..."   7 02:01А Серия. "Ювентус" "Верона"ни мағлуб этолмади, "Милан" эса йирик ҳисобда ғалаба қозонди   13

Dilshod SHarofetdinov: "Bugungi g'alabani Samarqand ahliga bag'ishlaymiz" Yangiliklar

Dilshod SHarofetdinov: "Bugungi g'alabani Samarqand ahliga bag'ishlaymiz"

PRO-Liga 19-turidan "Neftchi" - "Dinamo" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Dilshod SHarofetdinov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.





- Dilshod aka, bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz...
- Bugungi o'yin qiyin bo'lishini bilardik. CHindan juda og'ir o'yin bo'ldi, nega deganda kecha yoqqan qor tufayli maydon chimi ozgina yumshoq edi. Bu xolat futbolchilarga og'irlik keltiradi. Allohga shukr, bugun yutdik, 3 ochkoni qo'lga kiritdik.

Mavsum boshida bizdagi vazifa Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishga qaratilgandi. "Neftchi" jamoasi bilan ancha yilgi raqibmiz, o'zaro to'qnashuvlarning o'ziga yarasha tarixi bor. O'yindan oldin ham aytgandik, xudo hohlasa g'alaba qozonsak, bu yutuq Samarqand ahli uchun deb. Mavsum boshidan buyon muxlislar bizni qo'llab-quvvatlab kelishmoqda, o'yindan avval yigitlar ham aytishgandi, bugun yutamiz va g'alabani Samarqand ahli uchun bag'ishlaymiz. Yigitlarga va muxlislarga rahmat aytaman. Mana bugun Farg'onada ko'plab muxlislar o'yinga kelishdi, bunaqa atmosferada futbol o'ynashning zavqi boshqacha.

- "Dinamo" jamoasi o'yinning dastlabki 30-daqiqasigacha faollik namoyish etmadi. Aynan shu daqiqaga kelib raqib jarima maydonida yuzaga kelgan bahsli vaziyatdan so'ng jamoangiz yigitlarida g'alabaga bo'lgan ishtiyoq paydo bo'ldi. SHu xolatga qanday izoh berasiz?
- To'g'ri aytdingiz, biz boshida 15-20 daqiqa himoyaviy o'yin uslubini tanlagandik. Oradan shuncha vaqt o'tgach, futbolchilarda o'zlariga bo'lgan ishonch paydo bo'ldi. O'yin boshida hammada hayajon bo'ladi. Vaqt o'tgach yigitlarda ishtiyoq paydo bo'ldi va hujumlar tashkil etishni boshladik.

- O'zingiz ham futbolchi bo'lgansiz, futbolni yaxshi tushunasiz. "Dinamo" tarkibida joriy mavsumda yosh futbolchilardan bir qator yangi nomlar kashf etildi. Misol uchun bugun gol kiritgan futbolchi...

- Albatta, biz ham futbolchi bo'lganmiz, hozir tugatdik. Gol urgan yigit yoshlar terma jamoasida o'ynaydi, Muhammadqodir Xamroliev. Bu yigitda ishtiyoq bor, har doim maydonga tushishga shay, o'ynayman deb tayyor turadi. Uning shu xislatlarini yuqori baholayman, lekin hali o'z ustida ishlashi kerak. Bundan tashqari tarkibimizda bir qator yosh futbolchilar bor, o'yinlar davomida ularni ham maydonga tushiramiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика