So’nggi yangiliklar

02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  10 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  401 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2

Dilshod Nuraliev: “Mustaqil ravishda ishlashni istaganim uchun yoshlar terma jamoasiga o'tdim” Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: “Mustaqil ravishda ishlashni istaganim uchun yoshlar terma jamoasiga o'tdim”

2002 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida yangi tashkil topayotgan yoshlar terma jamoasini endilikda Dilshod Nuraliev boshqarib borishi haqida xabar berib o'tgandik.

Yoshlar bilan ishlash xadisini olgan murabbiy eng ishmarib ishga kirishish arafasida. Biz esa Nuraliev bilan suhbatlashib, ayrim savollarga javob oldik.

- Dilshod aka, yaqinda OTJda murabbiylar shtabi o'zgardi. Bungacha sizni ushbu jamoada ko'rayotgan edik. Endilikda nima bilan mashg'ulsiz?
- Takidlab o'tganingizdek, OTJda yangi murabbiylar guruhi faoliyat boshladi. Men esa mustaqil ravishda ishlashni istaganim uchun yangi tashkil topayotgan O'zbekiston U-13 yoshlar terma jamoasini boshqarishni lozim topdim.  

- Siz tilga olib o'tgan yoshlar terma jamoasining ilk yig'ini taniqli mutaxassis Ahmadjon Musaev boshchiligida o'tgandi...
- Bilasizmi bu terma jamoa endi-endi tuzilmoqda. Menimcha terma jamoalar markazi tomonidan yaqin kunlarda rasman tasdiqlansa kerak.

- Bosh murabbiy kim bo'ladi?
- Javobgarlikni o'z bo'ynimga oldim. Endi-endi ishga kirishamiz. Darvoqe, shuni ham aytib o'tishni istardimki, 2000 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat bo'lgan U-15 yoshlar terma jamoamizni bugungi kunda Temur Olimxo'jaev boshqarmoqda. Murabbiylar shtabida ushbu mutaxassisga ham yordam berib boradigan bo'ldim.

- U-13 yoshlar terma jamoasida yordamchilaringiz kimlardan iborat bo'ladi?
- Bu haqda hozircha o'ylab ko'rganim yo'q. Yaqin orada bunga oydinlik kiritilsa kerak.

- Boshqaruvingizdagi terma jamoaning yaqin oradagi rejalari qanday?
- Buni terma jamoa markazi aniqlaydi. Katta extimol bilan yig'inlar yanvar va fevral oylaridan boshlansa kerak.  

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика