So’nggi yangiliklar

14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  0 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  0 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  7 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  7 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  11 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  22 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  18 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  6 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  11 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  14 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  17 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  4

Dilshod Nuraliev: "CHempionatimiz kuchaysagina yoshlarimiz saviyasi oshadi" Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: "CHempionatimiz kuchaysagina yoshlarimiz saviyasi oshadi"

Bugun SPORT telekanali orqali efirga uzatilgan "Futbol sharhi" ko'rsatuvi mehmoni O'zbekiston osmirlar terma jamoasi bosh murabbiy Dilshod Nuraliev bo'ldi.
Murabbiy ko'rsatuvda o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Eslatib o'tamiz, Nuraliev boshchiligidagi o'smirlarimiz shu yili oktabr oyida BAA da bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishadi.

"Bizda endi juda katta masuliyat bo'ladi. Xalqimiz endi past natijalarga ko'nika olmaydi. Avvalgi jahon chempionatida Estafeev boshchiligidagi jamoamiz kuchli sakkizlikka kirgan bo'lsa endi biz ulardan kam natija ko'rsatmaslik uchun ham harakat qilamiz. Masuliyat endi juda yuqori bo'ladi. Avvalgi o'smirlar Toshkentda ikkinchi o'rinni olganda men ulardan ko'p narsa o'rgandim va meni ishimga turtki bo'ldi. Men shundan so'ng yana ham yaxshiroq ishlashga va yaxshiroq natija ko'rsatishga harakat qildim. SHundan so'ng biz yordamchilarimiz bilan yurtimiz bo'ylab barcha joylarda bo'lib iqtidorli yoshlarni topishga harakat qildik. O'shandan so'ng biz niyat qilgan edik endi chempion bo'lish uchun va shu natijaga erishdik. Mana undan so'ng yaqinda Turkiyada bo'lib o'tgan JCH-2013 dagi Ahmadjon akani jamoasini natijasi ham bizga yaxshilikka turtki bo'lsin va yaxshiroq natija ko'rsataylik. Hali oldimizda ozgina muddat bor hali seliksiyani kuchaytirishimiz kerak. Yangi futbolchilarni ko'rishga harakat qilamiz. Bizda bosim yo'q lekin intilish yuqori.Buni murabbiylar his qilib turibdi endi futbolchilar ham his qilsa bo'lgani"

"Meni fikrimcha Turkiyadagi muvaffaqiyat murabbiyning to'gri taktikasiyu, futbolchilarni to'liq ko'rsatmalarni bajarish deb baholasak bo'ladi. Jamoamiz murabbiyni juda katta hissasi bor. Undan tashqari futbolchilar ham yaxshi harakat qilishdi. Franciyaga qarshi uchrashuvdagi mag'lubiyat bitta narsaga bog'liq emas. Ularda jismoniy holati va tezligi juda yuqori ekan. Ulardan to'rt, besh o'yinchisi grand klublarda o'ynamoqda. Mening fikrimcha oliy liga saviyasi bunda katta ahamiyatga ega. Ularni chempionati bizdan ko'ra juda yuqorida. Ularda tezlik va taktika o'ta yuqori ekan. Mana shu kamchiligimiz. CHempionatimiz kuchaysagina bu kamchilikni bartaraf etsa bo'ladi va yoshlarimiz saviyasi oshadi"

"2002 yil Ahmadjon aka bilan boshqargan jamoamiz Osiyoda to'rtinchi pog'onani egallagan edi. U paytda JCH chiqish uchun bu o'rin kamlik qilar edi. SHu tarkibdan mana hozir terma jamoamizga Vitaliy Denisov, Sanjar Tursunov, Marat Bikmaev kabi o'yinchilar etishib chiqdi. 2003 yilda esa Borisovni jamoasidan Nesterov, Hasanov, Geynrix kabi yoshlar etishib chiqdi. Keyin esa Ahmadjon Ubaydullaev jamoasidan To'xtaxo'jaev, Musaev kabilar. Men o'ylaymanki jahon chempoionatiga chiqqian yoshlardan kabida uch-to'rttasi terma jamoaga kirib bormoqda. O'zini ustida ishlagan futbolchi doim mavqieni ushlab turadi"

"Avgustda Jahon chempionatiga qura tashlanadi. Tarkib esa sentabrda 99 foiz malum bo'ladi. Avstriyaga qarshi uchrashuvdan so'ng tarkibni ayta olman. Yoshlar tez o'zgaradi ungacha hammada imkoniyat teng. Osiyo chempionatida qatnashgan futbolchilar bilan solishtirsak endi o'zgarish bo'ladi chunki ayrimlarda pasayish bo'lsa ayrim yoshlarda katta o'sish bo'ladi. Mana masalan hozir yangi olti o'yinchi terma jamoamiz yig'inda qatnashib turibdi. "Paxtakor" va "Nasaf" futbol maktablariga va murabbiylariga rahmat aytmoqchiman. Odil Hamrobekov hozir o'zini yaxshi ko'rsatmoqda. Ular to'xtab qolmasa albatta jahon chempionatida bizga katta foydasi tegadi"
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика