So’nggi yangiliklar

20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  0 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  0 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  1 19:30Клопп янги ишида нима қилишини тушунтириб берди  1 19:05ФИФА соҳил футболи ва футзални Олимпиада дастурига киритишни таклиф қилади  0 18:39Ўзбекистон МТЖнинг Остон Ўрунов ва Аббос Файзуллаев қатнашмаган машғулоти  3 18:15Миллий терма жамоа лагеридан дараклар: Машарипов, Ўрунов ва Файзуллаев бугунги машғулотларда қатнашмади  11 17:47Рустам Ашурматов: "Хафамиз деёлмайман, лекин хурсанд ҳам эмасмиз"  11 17:25АПЛда сентябрь ойининг энг яхши мураббийи маълум  3 17:00Перес мегатрансферни режалаштирмоқда  8 16:37"Динамо" – "Навбаҳор" беллашувига ҳакамлар тайинланди  4 16:153 та клуб "Милан" футболчиси билан боғлиқ вазиятни кузатиб бормоқда  0 15:44АПЛ сентябрь ойининг энг яхши футболчисини аниқлади  2 15:22Шу кунлар ҳам келди: Англия терма жамоасида "Манчестер Юнайтед" футболчиси йўқ  9 14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  20

Dilshod Jabborov: “Futbolimizdagi islohotlar o'z samarasini bermoqda” Yangiliklar

Dilshod Jabborov: “Futbolimizdagi islohotlar o'z samarasini bermoqda”

Namanganning “Navbahor” jamoasi Superliga-2018 mavsumini ancha ko'tarinki ruhda o'tkazmoqda. Namanganliklar yozgi tanaffusga musobaqa jadvalida 2-pog'onani egallagan holda chiqib ketishdi.

Ayni paytda "Navbahor" mavsumning ikkinchi qismiga Qibrayda hozirlik olib bormoqda.  Jamoaning etakchi futbolchilaridan biri, yarim himoyachi Dilshod Jabborov PFL rasmiy saytiga joriy yilgi chempionat qanday o'tayotgani haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.        
- Dilshod, O'FA hamda PFL tomonidan futbolni rivojlantirish uchun olib borilayotgan islohotlarni qanday baholaysiz?


- Ijobiy baholayman. Boisi, islohotlar o'z mevasini bermoqda. Oldingi mavsumlarga qaraganda bu yil mamlakatimiz futbolida jiddiy o'zgarishlar yuz berdi. Masalan, hakamlik saviyasi oshdi, avvalgidek ochko ulashuvchi jamoalar qolmadi, barcha klublarning kuchi deyarli teng. Bunga misol tariqasida Farg'onaning “Neftchi” jamoasining Namanganda klubimiz  (1:1), shuningdek, o'z maydonida “Paxtakor” bilan (1:1) durang natija qayd etganligini keltirish joiz. Bir so'z bilan aytganda, O'FA hamda PFL tomonidan futbolni rivojlantirish uchun olib borilayotgan islohotlar sekin-asta o'z samarasini bermoqda.

- Bu yilgi chempionatimiz Superliga deb atalganidan keyingi o'zgarishlar haqidagi fikringiz?


- Takidlash joizki, Superliga bahslari o'z nomiga yarasha shiddatli va kurashlarga boy tarzda kechyapti. Bunda albatta, birinchi navbatda joriy yildan boshlab, milliy chempionatimizning barcha uchrashuvlarini televizor orqali namoyish etilayotgani ham muhim rol o'ynamoqda. Bu biz – futbolchilarga qo'shimcha kuch bag'ishlamoqda. Boisi, oynai jahon orqali bizning o'yinlarimizni mamlakatimizning barcha futbol muxlislari kuzatishadi. SHunday ekan, o'z ustimizda ko'proq ishlab, xatolarga yo'l qo'ymasdan to'p surishga intilamiz. Qisqasini aytganda, milliy chempionatimiz PEPSI Superliga deb atalganidan keyin ancha ijobiy o'zgarishlar yuz berdi.



- Sizningcha, joriy yilgi chempionat etarli darajada qiziq o'tyaptimi?


- Bo'lmasam-chi! Takidlaganimdek, biz – futbolchilarning ishtirokimizdagi o'yinlarni mamlakatimizning barcha hududlaridagi muxlislar tomosha qilishayotganini his etib, to'p surish bizga o'zgacha hissiyot bag'ishlaydi. Uchrashuvlar ham ancha qiziqarli o'tyapti. Jamoalar deyarli teng kuchga ega bo'lishgani bois, birorta o'yinning natijasini oldindan bashorat qilish qiyin. Joriy mavsum shuningdek, kutilmagan natijalarga ham boy tarzda kechyapti. Oldingi mavsumlarda bunday holatlar barmoq bilan sanoqli tarzda kuzatilardi. Bu yil esa klublar ancha kuchayishgan. Autsayder jamoa yo'q, hisobi. Demak, bundan shunday xulosa qilish mumkinki, bu yilgi chempionatimiz bahslari ancha qiziq tarzda kechyapti.

- Stadionlarga muxlislar tashrifi ortgani haqida qanday fikrdasiz? Bu futbolchilarga ijobiy tasir qiladimi?

- Albatta, joriy mavsumdan boshlab, o'yingohlarga ishqibozlar tashrifining ortganligi quvonarli hol. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari biz – futbolchilarga ruhiy quch-quvvat berib, maydonda o'zgacha ishtiyoqda to'p surishimizga zamin yaratadi. SHunday ekan, buning ijobiy tasiri kuchli. Tomoshabinlarga to'la stadionda to'p surishning gashti o'zgacha. O'z  maydonimizdagi ijobiy natijalarda ham jamoamiz muxlislarining hissalari beqiyos. Ularning qo'llab-quvvatlashlari evaziga ko'plab uchrashuvlarda zafar quchyapmiz.

Fursatdan foydalanib, buning uchun ularga o'z minnatdorchiligimni bildiraman va shunday qo'llab-quvvatlashda davom etishlariga umid qilaman.

 “Navbahor” PFK matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика