So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  1 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  1 00:34ЎФА собиқ терма жамоалар бўлими раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  1 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  2 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  91 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  0 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

Dilshod Andaev: “Mashal” akademiyasining avvalgi mavqeini tiklash uchun astoydil ishga kirishdik” Yangiliklar

Dilshod Andaev: “Mashal” akademiyasining avvalgi mavqeini tiklash uchun astoydil ishga kirishdik”

Yoshlar bilan ishlash hadisini olgan murabbiy Dilshod Andaev yanvar oyining dastlabki kunidan “Mashal” akademiyasida katta murabbiy sifatida ish boshladi.

Muboraklik murabbiy uchun akademiya yangilik emas. Sababi Dilshod Boymurodovich  ilgari ham “Mashal” akademiyasida faoliyat yuritgan. Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov kabi bugungi kunda mamlakatimizdagi taniqli va shu bilan birga iqtidorli bo'lgan yigitlar akademiyada aynan Andaev qo'li ostida futbolning ilk sir-asrorlarini o'rgana boshlagan. Tan olish kerak, so'nggi yillarda Muborakdagi akademiyadan yarq etib, biror bir iqtidor etishib chiqmayapti. Qolaversa “Mashal” akademiyasiga bo'lgan etibor va qiziqish ham avvalgidek emas. SHu bois klub rahbariyati akademiyaga katta murabbiy sifatida Dilshod Andaevni tayinladi.

- O'tgan mavsum birinchi ligadagi “Mashal-2” jamoasini boshqargandingiz. Joriy yildan esa akademiyada ish yuritmoqdasiz. Bu sizga yoqyaptimi?

- Klub rahbariyati akademiyaning avvalgi mavqeini yana tiklash maqsadida jiddiy etibor qaratib, kaminani akademiyaga katta murabbiy sifatida tayinladi. Albatta ilgari ham yoshlar bilan ishlaganman. SHu bois bu ishim o'zimga yoqadi. Akademiyaga jiddiy etibor qaratmasak bo'lmaydi. Negaki Muborakdagi akademiya ilgari mamlakatimizda birinchi raqamli bo'lgani hech kimga sir emas.


- Akademiyada vazifalaringiz nimalardan iborat?
- Yonimda 10ta murabbiy bor. Ularga guruhlar ajratilgan. Men har biri bilan alohida ishlayman. Murabbiylar mahalliy yoshlar ekanligi bois ularning saviyasini yanada oshirish uchun ham ish olib boraman. Akademiya direktori Abdurahmon Yumangulov bilan birgalikda har birining ishini tahlil qilib boramiz. Fursati kelganda yoshlarga o'zim ochiq mashg'ulot o'tkazaman.  

- “Mashal” akademiyasi sizga begona emas. SHunday ekan ishga kirishib ketish oson kechgan bo'lsa kerak?

- Albatta. Bu erda hammani yaxshi bilaman. Bugungi kun futbolida o'yinchining tezkor fikrlashi talab etilmoqda. SHu va boshqa jihatlarga urg'u berib bormoqdamiz.

- So'nggi yillarda “Mashal” akademiyasining tutgan o'rni tobora pasayib ketmoqda. Sizningchi bu ko'proq nima bilan bog'liq?

- O'zingizga yaxshi malum, ilgari Muborakda akademiya ish boshlaganida malakali mutaxassislar faoliyat yuritgan. Klub rahbariyati jiddiy nazoratga olgan. Ammo keyinchalik moddiy jihatdan pasayish bo'lgach, akademiyada murabbiylar almashinuvi ham yuz bera boshladi. Bugungi kunda asosan mahalliy yigitlar – Umid Bobonazarov, Jonibek Egamberdiev, SHerzod Andaev, Aktam Berdiev kabi murabbiylar yoshlarga saboq berib kelmoqda. Bundan tashqari akademiyamizga bo'lgan qiziqishning pasayib ketishiga asosiy omillardan yana biri shuki, Toshkentda ham futbol akademiyalari faoliyat yuritmoqda. “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv”ning akademiyasi va futbol maktabiga borish yoshlar uchun obro' bo'lib qoldi. U erda taniqli yoshlar murabbiylari faoliyat yuritmoqda. Qolaversa poytaxtda tahsil olish boshqa viloyatdagilar uchun qulaydir.


- “Mashal” akademiyasining avvalgi qaddini rostlash uchun nimalar qilish kerak deb o'ylaysiz?
- Ishga jiddiy yondoshish talab etiladi. Nasib qilsa bu yil katta o'sishga erishamiz degan umiddaman. Yaqinda germaniyalik yoshlar murabbiyi kelishi kutilmoqda. Uning ismi-sharifi va qachon kelishini rahbariyat biladi. Agarda xorijlik mutaxassis haqiqatdan ham akademiyada faoliyat yuritsa, o'ylaymanki undan ham ko'p narsa o'rganish mumkin bo'ladi.

- Birinchi ligadagi farm-klub “Mashal-2”ni endilikda kim boshqaradigan bo'ldi?

- Bu jamoamizga Nikolay Lapa ustozlik qiladi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика