So’nggi yangiliklar

20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  1 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  0 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  2 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  5 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  6 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  19 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2

Dilmurod Karimov: "So'g'diyona" bilan bir oila bo'lib faqat olg'a intilamiz!" Yangiliklar

Dilmurod Karimov: "So'g'diyona" bilan bir oila bo'lib faqat olg'a intilamiz!"

Xabaringiz bor, bu yil yangicha formatda tashkil qilingan Super liga musoboqasida viloyatimiz bosh jamoasi “So'g'diyona” ham ishtirok etadi.

Superliganing ilk bahsida esa jizzaxliklar safarda “Paxtakor”ga qarshi bahs olib boradi.  Ushbu mavsumda “So'g'diyona” sharafini himoya qiladigan tajribali Dilmurod Karimov mavsum oldi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda olib bordik. Yig'in davomida biz murabbiylar tomonidan aytilgan barcha ko'rsatmalarni bajardik.  Yig'indan ko'nglim to'ldi.  Jamoaga kelgan futbolchilar bilan tez inoq bo'lib ketdik. Har bir o'rtoqlik uchrashuvida maydonda bir birimizni tezroq o'rganishimiz uchun astoydil harakat qildik. Oldimizda maqsad jiddiy. Jamoa bilan bir oila bo'lib, faqat olg'a intilib, barcha jizzaxlik muhlislarni xursand qilmoqchimiz.

- “So'g'diyona” mavsumning ilk o'yinida  safarda “Paxtakor”ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o'yinga jamoa qay darajada tayyor va siz futbolchi sifatida fikrlaringiz.

- Har doim ham mavsum boshlanishi qiyin bo'ladi. “Paxtakor” kuchli raqib. Lekin biz bor etiborimizni faqat g'alabaga qaratganmiz.  Biz maydonga faqat g'alaba uchun tushamiz. Jamoa tayyormi? Albatta. Barcha futbolchilarning  kayfiyati ko'tarinki va biz bu o'yinga jismonan va ruhan tayyormiz.

SHu o'rinda ,“Paxtakor” ga qarshi bahsda ko'plab jizzaxlik muhlislarni bevosita stadiondan turib bizni qo'llab-quvvatlashlarini so'rayman. Ushbu muhim o'yinda bizni qo'llab-quvaatlashingizga ishonamiz-deya takidlab o'tdi, - Dilmurod  Karimov.
 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика