Diego Simeone: "Raqibimiz bunday o'yinlarda qanday o'ynashni yaxshi biladi"
11 mar 2014 03:17
Yangiliklar


Diego Simeone: "Raqibimiz bunday o'yinlarda qanday o'ynashni yaxshi biladi"
"Milan" bunday turnirlarda ko'p yillardan buyon ishtirok etib keladi. Ular bunaqangi bahslarda qanday yo'l tutishni yaxshi bilishadi. Bizga bu o'yinda oson bo'lmasligi aniq. Balotelli bu juda kuchli futbolchi. Mario bir o'zi o'yin taqdirini hal etib qo'yishi ham mumkin. Lekin "Milan" bu Balotelli degani emas. Ularni tarkibida yana bir qator jahon yulduzlari harakat qilishadi. Biz mehmonda gol urib, g'alaba qozonib kelganmiz. Ushbu ustunlikni qolgan daqiqalarda ham saqlab qolishimiz kerak. Asosiysi, biz "Milan" darvozasi tomon yana yo'l topa olishimiz zarur. Bu ishimizni yanada osonlantirishi mumkin. Agar biz maydon markazini o'z nazoratimiz ostiga olmasak, raqib ochiq futbol namoyish etib, bir qator xavfli hujumlarni tashkil etadi. Raqib safida tezkor futbolchilar etarli. Futbolchilarim ushbu uchrashuvda o'zlarining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatishlari kerak. Muxlislarni chiroyli va qiziqarli bahs kutib turibdi.

Fikrlar