Dibala "Inter"ga o'tishi mumkin
26 jan 2022 23:29
Yangiliklar
Dibala "Inter"ga o'tishi mumkin
Futbol agenti Fulvio Valkarejining aytishiga ko'ra, "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala yozda "Inter"ga o'tishi mumkin.
"Qarab turing, Dibala "Inter"ga o'tadi. U bilan "Yuventus" rahbarlarining munosabatlari yomonlashib ketgan. Transfer ishlari uchun barcha narsa tayyor. Bu "Inter" uchun ideal transfer bo'lardi", - dedi agent "Radio Kiss Kiss Napoli" nashriga.
Dibalaning "Yuventus" bilan shartnomasi yozda yakunlanadi. SHu orqali u erkin agentga aylanadi. Ushbu mavsumda 28 yoshli futbolchi "Yuventus" tarkibida 23 o'yinda qatnashib, 11 gol va 4 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar