Diallo MYU muxlislariga vada berdi
23 may 19:55
Yangiliklar
Diallo MYU muxlislariga vada berdi
"Manchester Yunayted" vingeri Amad Diallo Evropa Ligasi finalidagi mag'lubiyatdan so'ng jamoa muxlislariga murojaat qildi.
Hal qiluvchi o'yinda "qizil iblislar" "Tottenxem"dan 0:1 hisobida engildi.
"Tottenxem"ni tabriklayman. "Manchester Yunayted" muxlislaridan uzr so'rayman, lekin jamoamiz bor kuchi bilan o'ynaganini hech kim inkor eta olmaydi. Vada beramanki, bunday mavsumni boshqa takrorlamaymiz. Qo'llab-quvvatlaganlari uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman, shu vaqt davomida biz bilan bo'lganingiz uchun rahmat", – dedi Diallo.
Angliya chempionatining so'nggi turi oldidan "qizil iblislar" 39 ochko bilan jadvalda 16-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar