Di Franchesko: "Ideal o'yin o'tkazdik"
11 apr 2018 11:20
Yangiliklar
Di Franchesko: "Ideal o'yin o'tkazdik"
ECHL 1/4 finali doirasida "Roma" - "Barselona" (3:0) uchrashuvidan keyin rimliklar bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Jamoam faqatgina yuqori maqsadlar haqida o'ylaydi va kuchimiz aynan shunda.
Endi yakshanba kuni bizni derbi kutmoqda va unda o'zimizga yana bir yuqori maqsad qo'yamiz.
Birinchi uchrashuvdagi xato va mag'lubiyatdagi masuliyatni o'z bo'ynimga olganimga yarasha g'alabani ham o'z hisobimga yozaman.
"Barselona"ga qarshi ideal o'yin o'tkazdik, taktik tomondan alo darajada harakat qildik. Hech kim bu borada biz bilan bahslasha olmasa kerak.
Albatta, bunday o'yin bilan "Roma" finalga ham chiqa oladi. Maqsadni yanada ko'tarishning vaqti keldi", - dedi murabbiy.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar