So’nggi yangiliklar

11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  1 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  1 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  4 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  5 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  12 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  1

Deyan Jurjevich: “Professional jamoa bunday o'yin namoyish etmasligi kerak” Yangiliklar

Deyan Jurjevich: “Professional jamoa bunday o'yin namoyish etmasligi kerak”

O'zbekiston kubogi 1/8 finali doirasidan o'rin olgan “Navbahor” – “Neftchi” (3:1) jamoalari o'rtasidagi bahsdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “lochinlar” ustozi Deyan Jurjevich va mazkur o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Ivan Solovyov ishtirok etishdi.

- Bu jamoamizning murabbiyligim qo'l ostidagi o'z maydonimizdagi birinchi g'alabasi bo'lganligi uchun uchrashuv natijasidan qoniqish hosil qildim. Yigitlarga ruhiy tarafdan biroz madad, o'zlariga bo'lgan ishonch kerak edi va buni ular uddasidan chiqishdi. Afsuski, jamoamizning muhim futbolchilaridan biri bo'lgan Aleksandr Kasyan o'yinning boshlarida jarohat olib, safdan chiqdi. Umid qilamanki, boshqa shogirdlarim uning yo'qligini bildirmaslikka harakat qilishadi.

Uchrashuvning oson kechmasligini bilardim. Boisi, farg'onaliklar “Navbahor”ga doimo munosib qarshilik ko'rsatishgan. Bundan tashqari, bu “vodiy derbisi” edi. Ammo ushbu o'yinda biz favorit edik hamda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldik. Lekin uchrashuvning so'nggi 15 daqiqasida shogirdlarim namoyish etgan o'yindan ko'nglim to'lmadi. Professional jamoa bunday o'yin namoyish etmasligi kerak. Ushbu kamchilikni jamoamiz azolari bilan muhokama qilib, kerakli xulosalar chiqaramiz.

Asosiysi, yutuqqa erishdik hamda ushbu g'alaba bilan shogirdlarimni tabriklayman. Jamoamiz - bir oila va barcha futbolchilar bir-biri bilan ahil - inoq. Muhit ham alo darajada, - deydi Jurjevich. 

Ivan Solovyov: – So'nggi bahslarda ijobiy natija qayd etolmayotganimiz uchun mazkur bahsda zafar quchishimiz shart edi. Maydonga ham faqat g'alaba ishtiyoqida tushgandik. Niyatimizga etib, ushbu o'yinda yutuqqa erishdik. Bizni qo'llab – quvvatlab turgan barcha muxlislarga rahmat!

 

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика