So’nggi yangiliklar

12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   0 12:36Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  0 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи мартта Андижонда 6 та гол урди   4 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   8 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  1 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  2 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  1 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  11 07:30"Манчестер Сити"ни яна бир ҳимоячиси тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5

Deyan Jurjevich: “Omadsizlik ortda qolganligiga umid qilaman” Yangiliklar

Deyan Jurjevich: “Omadsizlik ortda qolganligiga umid qilaman”

Coca Cola Superligasi 17-turi doirasidan o'rin olgan “Andijon” – “Navbahor” jamoalari o'rtasida o'tkazilgan “vodiy derbisi”dan so'ng mehmonlar ustozi Deyan Jurjevich ishtirok etdi.

Quyida uning fikrlarini etiboringizga havola etamiz.

- Mazkur uchrashuv borasida gapirish qiyin. Ammo meni bugungi o'yindan ko'ra, maydonning holati futbolchilarga yaxshiroq to'p surish imkoniyatini bermaganligi ko'proq ranjitdi. Bunday maydonda esa futbol o'ynash oson emas. Maydon sifatli bo'lganida, bugungi bahsdan muxlislar yanada ko'proq huzur olgan bo'lardilar. Afsuski, buning iloji bo'lmadi.

Jamoamiz ushbu o'yingacha ikkita bahsda mag'lubiyatga uchragandi. SHunday bo'lsa-da, shogirdlarimning vaziyatni o'nglay olishlariga ishonchim komil edi. CHunki yigitlar mashg'ulotlar jarayonida ham, maydonda ham astoydil ter to'kishayotgan, faqat omadimiz kelmayotgandi. Futbolchilar nimaga qodir ekanliklarini bugun amalda isbotlashdi. Odatda o'yinlar qovushmasa va ochkolar qo'lga kiritilmasa, futbolchilarning hafsalasi pir bo'ladi. Quvonarlisi, yigitlar g'alaba qozonish uchun astoydil ter to'kdilar hamda ushbu urinish zoe ketmay, omad bizga kulib boqdi. Gol urdik, yana ikkita qulay vaziyat yuzaga keldi. Bugungi uchrashuvda qo'lga kiritilgan uch ochkoning qiymati juda yuqori. Boisi, shuning evaziga futbolchilarimiz ruhan o'zlarini tiklab oladilar. Bundan buyog'iga bizga ancha engil bo'ladi. Muhimi, omadsizlikdan xalos bo'lib, juda zarur bo'lgan g'alabaga erishdik.

Kiyim almashtirish xonasida shogirdlarimga: “Biz g'alaba qozondik hamda omadsizlik ortda qoldi. Bugungi o'yinni unutib, endi keyingi “Nasaf”ga qarshi kechadigan bahsga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak”, dedim. Omadsizlik ortda qolganligiga umid qilaman.

O'z navbatida jamoamizga munosib raqiblik qilgan “Andijon”ga ham minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, keyingi safar Andijonga tashrif buyurganimizda, maydonning holati bugungidan ancha yaxshi bo'ladi.

- Siz Andijonga uchinchi marta tashrif buyurdingiz. Bungacha esa Liga kubogi bahsida “Andijon” va “Navbahor” yoshlari ishtirokidagi o'yinni kuzatgandingiz. So'ngra, “Andijon” – “Buxoro” uchrashuvini ham bevosita stadionda tomosha qilgandingiz. Bo'lajak “vodiy derbisi” oldidan raqibni qanchalik o'rgandingiz?


- Albatta, o'zini hurmat qiladigan har qanday murabbiy bo'lajak raqibning qanday imkoniyatlarga ega ekanligini o'rganadi. Men ham “Andijon”ning o'yin uslubini o'rgandim. Lekin meni o'z qo'l ostimdagi jamoa ko'proq qiziqtiradi. Mazkur uchrashuv oldidan raqibning o'yinlarini tahlil qilib, kuchli hamda kuchsiz jihatlarini o'rgangandik. Endi shuni ishonch bilan takidlaymanki, “Andijon”ning o'yin uslubini yaxshi tahlil qilgan ekanmiz. Aks holda, g'alaba qozona olmagan bo'lardik. Aytishim joizki, “Andijon” ham juda yaxshi jamoa va bizga munosib qarshilik ko'rsata oldi. Mezbonlarni oldinda jiddiy raqiblarga qarshi qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Ayniqsa, keyingi turda turnir jadvali peshqadami “Paxtakor” bilan kechadigan o'yinda “Andijon”ga omad yor bo'lishini tilab qolaman.

- Bugungi uchrashuvni boshqargan hakamlar haqida nima deya olasiz?


- Murabbiylik faoliyatimni boshlaganimga 20 yildan oshgan bo'lsada, shu paytgacha hakamlar ishini muhokama qilmaganman hamda bundan keyin ham ushbu ananamga sodiq qolishni istayman. Ular o'z ishlarini bajarishyapti. Murabbiylarga hakamlarning ishiga baho berish yarashmaydi. Ularning ishini nazorat qiladiganlar bor.



Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика