So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  4 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  2 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  3 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  102 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

Deyan Bolevich "Nasaf" safida debyut o'yinida gol urdi Yangiliklar

Deyan Bolevich "Nasaf" safida debyut o'yinida gol urdi

Teglar :  Nasaf
Birlashgan Arab amirliklaridagi yig'in doirasida ikkinchi bahsni Xitoy superligasi vakili “Xenan Czyane” jamoasi bilan o'tkazgan futbolchilarimiz jangovar duranga imzo chekishdi.

Dubaydagi “Jebel Ali” mehmonxonasiga qarashli futbol maydonida o'tkazilgan bahsning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limning 64-daqiqasiga kelib vakillarimiz hisobni ochishdi. Jamoamiz tarkibida ko'rikdan o'tayotgan chernogoriyalik himoyachi Deyan Bolevich o'ng qanotdan SHuhrat Muhammadiev uzatib bergan to'pni chap oyoqda kuchli zarbasi bilan darvozaning uzoq pastki burchagiga aniq yo'lladi – 1:0. Oradan ikki daqiqa o'tib o'yinda hisob tenglashdi. Xitoylik futbolchilar o'ng qanotdan tashkil etgan hujumni samarali yakunlashdi. O'yin oxiriga qadar vakillarimiz bir necha bor raqib darvozasi oldida xavfli hujumlarni tashkil etishdi. Ammo hal qiluvchi zarbalar mo'ljalga aniq etib bormadi.

Ushbu uchrashuvni jamoamiz quyidagi tarkibda o'tkazdi: Sanjar Quvvatov, SHuhrat Muhammadiev, Maqsud Karimov, SHerzod Azamov, Deyan Bolevich (SHarof Muhiddinov, 80), Erkin Boydullaev (s), Dilshod Rahmatullaev, Aziz G'aniev (Islom Rashidxonov, 80), Bahrom Abdurahimov, Ilhom SHomurodov, Bobur Abduholiqov (Doniyor Narzullaev, 70).

“Nasaf” futbolchilari yig'in doirasida uchinchi nazorat bahsini 5 fevral sanasida Rossiyaning “Krilya Sovetov” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика