Devid Bekxem o'g'lining shov-shuvli tanqidiga javob qaytardi: "Farzandlar xato qilishi tabiiy"
21 jan 12:24
Yangiliklar
Devid Bekxem o'g'lining shov-shuvli tanqidiga javob qaytardi: "Farzandlar xato qilishi tabiiy"
Eslatib o'tamiz, Bruklin Bekxem oilasining haddan tashqari mediaga o'chligi va eski adovatlar sabab ota-onasini qattiq tanqid qilgan edi.
"Men farzand tarbiyalayapman va ularning xato qilishini to'g'ri tushunaman. Ularga xato qilishga qo'yib berish kerak — ular shu orqali o'rganishadi. Bazan bunday imkoniyatni berish juda muhim", — dedi Bekxem CNBC nashriga bergan intervyusida.
Qayd etish joizki, Devid va Viktoriyaning 26 yoshli o'g'li o'z bayonotida oilasi bilan yarashishni istamasligini va hayotida ilk bor o'z huquqlarini himoya qilayotganini takidlagan. Bruklinning so'zlariga ko'ra, u otasining 50 yoshlik yubileyiga kelgan, biroq Devid uchrashuv uchun faqat bir shart qo'ygan: Bruklinning rafiqasi Nikola Peltc taklif etilmasligi kerak edi.
Avvalroq, Bruklin ota-onasini ijtimoiy tarmoqlarda bloklab qo'ygani va ular bilan faqat advokatlar orqali muloqot qilishini malum qilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
Нега мени тушунмайсиз?..
Ота-она боласига:
Сен ҳали гапира олмаган, чақалоқ пайтингда ҳам тушунганмиз сени.