"O'zing yaxshimisan, Romeo?" - Devid Bekxem "Manchester Yunayted" g'alabasidan so'ng o'g'lining ustidan kuldi
26 jan 22:10
Yangiliklar
"O'zing yaxshimisan, Romeo?" - Devid Bekxem "Manchester Yunayted" g'alabasidan so'ng o'g'lining ustidan kuldi
"Manchester Yunayted" afsonasi Devid Bekxem APL 23-turi doirasidagi "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alabadan (3:2) so'ng, "kanonirlar"ga muxlislik qiladigan o'g'li Romeoga hazilomuz "salom" yo'lladi.
Devid ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga o'zining MYUdagi to'p surgan davrlari aks etgan suratni joylashtirib: "O'zing yaxshimisan, Romeo?" deb izoh qoldirdi.
23 yoshli Romeo Bekxem esa otasining bu "hujumi"ga tezkorlik bilan javob qaytardi. U APL turnir jadvali aks etgan skrinshotni joylab, shunday yozdi: "Juda ham bo'shashib ketmang. Tuzoqqa tushib qolmaslik uchun ehtiyot bo'ling".
Eslatib o'tamiz, ushbu mag'lubiyatga qaramay "Arsenal" 50 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Manchester Yunayted" esa 38 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda.

O’xshash yangiliklar
08:46
"Agar ochkolarni yo'qotsak, hamma narsa tugaydi". Gvardiola - "Vest Xem"ga qarshi o'yin haqida 3
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar