Grilish mavsum oxirigacha safdan chiqdi
31 jan 12:43
Yangiliklar
Grilish mavsum oxirigacha safdan chiqdi
"Everton" bosh murabbiyi Devid Moyes noxush xabarni elon qildi.
Uning malumotiga ko'ra, 30 yoshli yarim himoyachi Jek Grilish olgan jarohati tufayli mavsum oxirigacha safdan chiqqan. “Ko'klar” futbolchini "Manchester Siti"dan ijaraga olgan.
"Ehtimol Grilishga jarrohlik amaliyoti kerak bo'ladi, bu esa uni mavsum oxirigacha safdan chiqishini anglatadi. Lekin bu hali uzil-kesil tasdiqlangani yo'q. Jekning jarohat olishi futbolchi va klub uchun haqiqiy ko'ngilsizlik. U jamoaning juda muhim qismi va katta shaxs. Bizga u etishmaydi, u "Everton" uchun ko'p yaxshiliklar qildi”, - dedi Moyes klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Grilish ”Everton"ga o'tganidan so'ng klub safida 22 ta o'yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachi hisobida 2 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Родриго тиззасидан операция қилинди
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
Fikrlar