Dest "Milan"da qoladi
15 noy 2022 14:59
Yangiliklar
Dest "Milan"da qoladi
Italiya klubi "Barselona" futbolchisi Serjino Dest bilan bitimini yana malum muddatga uzaytirishi mumkin.
Dest bilan "San-Siro"da ijara shartnomasi muddati cho'zilishi borasida harakatlar boshlandi.
Qo'shma SHtatlar termasi qanot himoyachisi Kataloniya klubidan kelib qo'shilganidan buyon ajoyib o'yin ko'rsatdi va ayniqsa, yakshanba kungi "Fiorentina"ga qarshi o'yindagi harakatlari Paolo Maldinining etiborini tortgani aytilmoqda.
"Rossoneri" 22 yoshli futbolchini 20 mln evro evaziga doimiy o'ziniki qilish imkoniga ega bo'lsa-da, yangi ijara shartnomasi uchun muzokaraga kirishish uchun hozirlik ko'rayotgani malum qilindi.
Serjino Dest joriy mavsumda Milan klubi tarkibida 9 ta o'yinda ishtirok etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar