So’nggi yangiliklar

14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  1 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  52 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  4 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  9

Derdiyok "Paxtakor"da qancha maosh olishi malum bo'ldi Yangiliklar

Derdiyok "Paxtakor"da qancha maosh olishi malum bo'ldi

SHveycariyalik hujumchi Eren Derdiyok "Paxtakor" futbolchisiga aylandi.

Bungacha Turkiyaning "Go'ztepa" klubi sharafini himoya qilgan Derdiyok "sherlar" safida qancha maosh olishi malum bo'ldi. Bu haqda SHahboz Beg'amov o'zining Telegramdagi kanalida malum qildi.

"Paxtakor" OCHLda yaxshi natija ko'rsatish uchun tarkibni, ayniqsa hujum chizig'ida yakuniy "nuqta"ni qo'yadigan yuqori darajadagi hujumchi izlayotgandi. Jamoa dastlab Mario Gomez nomzodiga qiziqqan. Biroq "Paxtakor" Gomezga taklif qilgan 3 million evro germaniyalik hujumchini qoniqtirmagan. Keyinchalik jamoa Adebayor variantini jiddiy o'yladi. Lekin Adebayorga "Paxtakor" tomonidan taklif qilingan 2,5 millionlik yillik maosh maqul kelmadi. Natijada "Paxtakor" avval Arveladze qo'l ostida o'ynagan, Evropa futboli havosidan nafas olgan va nisbatan hali futbol o'ynaydigan yoshda bo'lgan Eren Derdiyok nomzodiga to'xtaldi. Eren avvalgi "Go'ztepa" jamoasida yiliga 2,15 million evro maosh olgan. "Paxtakor" esa Bundesligada va "Bazel" orqali ko'pchilikka tanish hujumchini olib keldi. Eren ayni paytda Abu-Dabida bo'lib turgan "Paxtakor" qarorgohiga borgan va jamoa safiga qo'shilgan.


Norasmiy malumotlarga ko'ra, "Paxtakor" Gomez va Adebayor bilan kelisha olmagan mablag'ni Derdiyok bilan kelishishga erishgan. SHveycariyalik hujumchi 2-2,5 million evro atrofida maosh oladi.

Bir narsani unutmaslik kerakki, Evropada o'ynab turgan hujumchini bizning chempionatga jalb etuvchi eng asosiy omil bu pul. Derdiyok Osiyo futboli o'lchovida top darajaga tortadi. Nisbatan nomdor, biroq qariyalardan ko'ra Erenga o'xshagan hali formasini yo'qotmagan va mahorati yuqori bo'lgan futbolchini qo'lga kiritish "Paxtakor" uchun chinakam yaxshi transferga aylandi" - deb yozadi Beg'amov o'z kanalida.

Reyting: +150   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика