So’nggi yangiliklar

23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  1 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  11 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  23 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0

“Denov” - Surxondaryo viloyati chempioni Yangiliklar

“Denov” - Surxondaryo viloyati chempioni

Teglar :  DenovSurxondaryo
Kecha Surxondaryo viloyati ichki chempionati o'z poyoniga etdi.

Surxondaryo viloyati birinchiligida jami 14 ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda, viloyat chempionligi uchun kurash olib borishdi.

17 noyabr sanasida birinchi bosqichda har ikki guruhda ikkitadan yuqori o'rinlarni qo'lga kiritgan  “TerDU”(Termiz), "Dinamo" (Termiz), "Denov" (Denov), "SHo'rchi" (SHo'rchi) jamoalar navbatdagi  final yo'llanmasi huquqini beruvchi bahs uchun o'zora kuch sinashishgan edi.  

Unda “TerDU”va “Denov” jamoalari final yul olishdi.

Kecha final uchrashuvi Denov tumaning “Denov” markaziy stadionida kechdi.

Takidlash lozimki, mazkur bahs qiziqarli kurashlarga boy tarzda bo'lib o'tdi. “Denov” jamoasi o'z maydonida “TerDU”jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. “Denov” jamoasi  goleadori  Hasan Toshbadalov raqiblar darvozasi 3ta to'p kiritib mavsumdagi ikkinchi xet-trik muallifiga aylandi.  Jamoaning yana bir hujumchisi Firdavs Kamolov termizliklar darvozasiga to'rtinchi to'pni kiritdi.  

SHu tariqa Madijon Badalov boshchiligidagi  denovlik futbolchilar “TerDU” ustidan yirik 4:0 hisobda g'alaba qozonishdi va ular Surxondaryo viloyati chempioni degan sharafli nomga sazavor  bo'lishdi.


Surxondaryo viloyati birinchiligida uch jamoa qo'yidagi kurinishda g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
1-o'rin “Denov”(Denov)
2-o'rin “TerDU”(Termiz)
3-o'rin “Dinamo”(Termiz)


“Denov”jamoasi hujumchi Hasan Toshbadalov mavsumda raqiblar darvozasiga 20 ta to'p kiritib, mavsum to'p urari bo'ldi.

SHu oyning oxirigi sanasida Surxondaryo viloyat futbol federaciyasi tomonidan “Surxondaryo super kubogi”  uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda viloyat chempioni “Denov”jamoasi Termizning “Dinamo” jamoasiga qarshi qarshi maydonga chiqishadi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng, viloyat futbol federaciyasi tomonidan mavsum savrindorlarini taqdirlash marosimi o'tkaziladi.


Fahriddin CHoriev.


 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика