Ispaniya OTJ bosh murabbiyi: "Bor etiborimizni O'zbekistonga qarshi o'yinga qaratganmiz"
23 iyu 2024 21:02
Yangiliklar
Ispaniya OTJ bosh murabbiyi: "Bor etiborimizni O'zbekistonga qarshi o'yinga qaratganmiz"
"Olimpiya o'yinlari qiyin turnir, kichikroq miqyosda bo'lsa-da, jahon chempionatiga o'xshab ketadi. Birinchi o'yin, odatda, eng muhimi hisoblanadi va biz bor etiborimizni mazkur bahsga qaratganmiz. Orzularni ro'yobga chiqarish vaqti keldi. Mening vazifam — qisqa vaqt ichida jamoa shakllantirib, ularni bir oilaga aylantirishdan iborat.
Oltin medal bizni o'ziga chorlamoqda, chunki ko'p yillar mobaynida bunga erisha olmadik. Barcha ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Fermin va Aleks Baenaning ikkalasi ham Evropa chempionati g'olibi bo'lishganidan keyin etib kelishgan. Ular biz uchun juda muhim futbolchilar sanaladi. Ikki yigit yaxshi holatda etib kelgan", dedi ispaniyaliklar ustozi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston — Ispaniya o'rtasidagi o'yin 24 iyul kuni soat 18:00 da “Park de Prens” stadionida start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar