So’nggi yangiliklar

01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  9 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:58А Серия. "Кальяри" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Santi Deniya: "O'zbekistonga qarshi o'yindan xulosalar ko'p bo'ldi" Yangiliklar

Santi Deniya: "O'zbekistonga qarshi o'yindan xulosalar ko'p bo'ldi"

O'zbekiston Olimpiya termasiga qarshi o'yindan keyin Ispaniya olimpiyachilari bosh murabbiyi Santi Deniya va futbolchi Alvaro Fernandes fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin kurashlarga boy kechdi. Bugun ikkita to'liq tarkibimizni sinab olish imkoniyati bo'ldi. Keyingi rasmiy o'yinlarga tayyorgarlik davom ettiramiz. Bizni oldinda Qozog'istonga qarshi uchrashuv kutib turibdi.

Alvaro Fernandes: - Biz yaxshi o'yin o'tkazdik. Sizlarning terma jamoangiz xam ancha kuchli ekan. Biz keyingi o'yinlarga tayyorgarlikni davom ettiramiz. 

- Bugungi uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasidan qaysi futbolchilarni takidlab o'ta olasiz?

- Avvalambor terma jamoangizni bugungi chiroyli o'yin va yaxshi natija bilan tabriklayman. Terma jamoangiz Olimpiya o'yinlarida yo'llanma olishiga tilakdoshman. Fikrimcha, O'zbekiston terma jamoasi tartibli va jamoaviy o'yin namoyish etdi. Aynan qaysidur futbolchini belgilab o'tmayman. Butun jamoa yaxshi o'ynadi.

- Bugun chiroyli o'yin bo'ldi, ammo gollarni ko'rmadik. Bugungi o'yinga rejangiz qanday edi? 

- Bizning asosiy maqsadimiz to'pga egalik qilish bo'lgandi. Barcha rejalarimiz o'xshamadi, ammo bugungi o'yindan hulosa chiqarib, keyingi uchrashuvlarda yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz.

- Yaqinda O'zbekiston futzal terma jamoasiga tayinlangan yangi bosh murabbiyi Xose Velansios Lopes o'yinni bugun stadiondan kuzatdi. Siz janob Lopes bilan ko'rishdingizmi?

- Men ushbu inson bilan ko'p ishlaganman va uni  yaxshi taniyman. U futzal bo'yicha katta mutaxassis. Men unga omad tilayman va terma jamoangizga foydasi keltirishiga ishonaman. Yurtingizda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida terma jamoangiz yaxshi natijaga erishishiga tilakdoshman.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика