So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  4 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  2 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  3 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  21 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

Denni Merfi: "Brunusiz MYUga osonroq bo'ladi" Yangiliklar

Denni Merfi: "Brunusiz MYUga osonroq bo'ladi"

"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Denni Merfi yarim himoyachi Brunu Fernandeshning yo'qligi bugungi o'yinda MYUning foydasiga xizmat qilishini aytdi.

Mankunianliklar sardori diskvalifikaciya sababli bugungi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

"Uning diskvalifikaciyasi o'yinga reja tuzishda murabbiyga engillik yaratadi. Brunu - ajoyib futbolchi, biroq "Enfild"da tarkib tuzayotganda ten Xag uni kengroq yo'nalishda ishlatishi kerak bo'lardi.

Usiz "Yunayted" zich himoya tuza oladi, 3 nafar yarim himoyachi Sofyan Amrabat, Kobbi Maynu va Skott Maktominey bilan u ikki qavatli himoya hosil qila oladi va Markus Reshford, Alexandro Garnacho hamda Antonini tezkor qarshi hujumda ishlatadi.

Agarda Brunu markazdagi biror poziciyani egallaganida hujumlar unchalik tez bo'lmasdi. Maktominey esa oldinga harakatlana oladi  va Rasmus Xeylundga yordam berishi mumkin.

Agarda ten Xagning o'rnida bo'lganimda Reshfordni asosiy tarkibda sardorlik bog'ichi bilan maydonga tushirardim. Balki bu gaplarim ayrim muxlislarga yoqmasligi mumkin, ushbu mavsumda jamoaning eng yomon holatiga kelib qolishiga murabbiy aybdor bo'lsa-da, u qo'l ostida eng yaxshi holatdagi futbolchilarni tushirishi kerak.

Antoni va Garnachoni asosiy tarkibda almashtirmasdan o'ynataverish ham yaxshi emas. Garnacho mavsumni yaxshi o'tkazmoqda, biroq so'nggi vaqtlarda uning harakatlarini oldindan o'qiy olishmoqda. Balki hamma ishni o'ng qanotga tashlab, Reshfordni chapda yashirin qurol sifatida ishlatish kerakdir", - deb yozadi "Liverpul"ning sobiq futbolchisi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика