So’nggi yangiliklar

01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  1 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  3 23:54АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Ньюкасл" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

Denis Korostichenko: "Menga jamoadan kimdir totalizatorga aralashgani haqida 100% aniq faktni ko'rsatishmaguncha, bunga ishonmayman. Hech qanday federaciyaga ham ishonmayman" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Menga jamoadan kimdir totalizatorga aralashgani haqida 100% aniq faktni ko'rsatishmaguncha, bunga ishonmayman. Hech qanday federaciyaga ham ishonmayman"

Coca-Cola Superligasining 24-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Navbahor" (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Hammaga salom. O'yin haqida fikr bildirishdan oldin "Lokomotiv" muxlislariga rahmat deb qolaman. Biz qiyin ahvolda bo'lishimizga qaramasdan, ular bizga ishonishda va muxlislik qilishda davom etishmoqda. Buning uchun katta rahmat. "Navbahor" muxlislarini esa g'alaba bilan tabriklayman. Ular chempionlik uchun kurashishmoqda va shu sabab ham ularga ochko juda zarur. Biz ham chempionatda qolish uchun kurashmoqdamiz. "Navbahor" muxlislari futbolni yaxshi tushunishadi. Birinchi davrada esimda bor, namanganlik muxlislar biz maydonni tark etayotganimizda qarsaklar bilan kuzatib qo'yishgandi. "Olimpik" bilan ham ular shunday qilishgandi. SHu sabab ham, namanganlik muxlislar "Navbahor"dan chiroyliroq va shiddatliroq o'yinlar talab qilishga to'la haqlilar. Klubning tarkibi ham bunga mos. To'g'ri, "Navbahor" chempionlik uchun kurashmoqda, ammo chempionlikka mos o'yin ko'rsatmayapti. Umuman olganda "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga kelsak, ikkita vaziyat va ikkita gol - o'yin natijasi hal. SHu o'rinda Mirko Elichichga minnatdorchilik bildirmoqchi edim. U jamoani o'zgartishida menga juda katta yordam bermoqda, buni o'zingiz ham ko'rib turibsiz. Jamoa o'z o'yinini biroz o'zgartirdi, ammo hali beri bizga omad kelmayapti. Mirko juda kuchli mutaxassis, unga rahmat.

- "Lokomotiv" so'nggi o'yinlarda faqat taym futbol o'ynayapti, ikkinchi taymda esa charchab qolmoqda. Bunga sabab nima?

- Nima desa bo'ladi. Bizga biroz koncentraciya etishmayapti. Yigitlar bugun harakat qilishdi. Hamma maksimum harakat qildi. O'yinchilarimga hech qanday etirozim yo'q. Ularning barchasiga rahmat. Qiyin vaziyatga qaramasdan, ular o'z ustilarida ishlashmoqda. Ikkinchi taymda yomon o'ynayapmiz deya olmayman. SHunchaki, biroz koncentraciya etishmayapti. 

- Savolim sizga biroz yoqmasligi mumkin. "Lokomotiv" birinchi bo'limda deyarli xatosiz o'ynadi, ammo ikkinchi taymda biz himoyachilar va darvozabon ishtirokida kichik "cirk" ko'rdik. Sizga bu holatlar ataylab uyushtirilayotgandek ko'rinmayaptimi? SHunchaki bu birinchi marta bo'lmayapti. Biz birinchi davradan beri to hozirgacha "Lokomotiv" o'yinlarini kuzatib kelmoqdamiz. Bir necha o'yinlarda aynan o'sha bir xil futbolchilar deyarli bir xil xatolarni takrorlashmoqda va o'z jarima maydonlarida to'pni oldirib, gol o'tkazishmoqda. Bu holatlar deyarli har safar o'yinning malum bir qismida bo'lmoqda...

- Yo'q, men yigitlarga to'liq ishonaman. Ishonganman va bundan keyin ham ishonishda davom etaman. Menda hech qachon shubha bo'lmagan. O'yinlarni ataylab boy berishlari haqida o'ylab ham ko'rmaganman. Men ketgandan so'ng qandaydir janjalli vaziyatlar yuzaga keldi va jamoadagi o'yinchilarning totalizatorga qatnashgani malum qilindi. Menga jamoadan kimdir totalizatorga aralashgani haqida 100% aniq faktni ko'rsatishmaguncha, bunga ishonmayman. Hech qanday federaciyaga ham ishonmayman. Sababi men yigitlarga ishonaman. Xatolarga kelsak, baxtga qarshi shunday bo'ldi. Bazi o'yinchilar ko'pincha xato qilishadi. O'yin xatolarsiz bo'lmaydi. O'yinchilarim shunchaki kerakmas payt xato qilishmoqda, bunday holat bo'lib turadi. Umuman olganda esa yuqorida aytilgandek shubhalar menda yo'q.

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика