So’nggi yangiliklar

13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  0 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  1 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  6 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  14 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  15 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  9 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  2 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1

Denis Korostichenko: "Bu g'alabaga qadar ko'p mehnat qilgandik. O'yin uslubimizni o'zgartirishga majbur bo'ldik" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Bu g'alabaga qadar ko'p mehnat qilgandik. O'yin uslubimizni o'zgartirishga majbur bo'ldik"

Superliga 21-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman. Biz bu g'alabaga qadar ko'p mehnat qilgandik. Birinchi navbatda o'zimizning o'yin taktikamizdan voz kechdik. Biroz taktik o'zgarishlarga qo'l urdik. Bunga sabab musobaqa jadvalida egallab turgan o'rnimiz edi. Hozir bizga ochkolar juda kerak. Rejamiz bugun amalga oshdi", - deya fikr bildirdi Denis Korostichenko.

- "Olimpik" ikkinchi davradagi dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdi. Bugungi g'alaba uch ochkodan tashqari yana jamoangizga qandaydir foyda olib kelishi mumkinmi? Masalan, tarkibdagi futbolchilarning barchasi yosh, ular bugungi g'alabadan ruhlanib keyingi uchrashuvlarda yanada yaxshiroq o'ynashlari mumkin.

- Birinchi navbatda bu bizning kayfiyatimizga tasir o'tkazadi. Har bir uch ochko - qo'shimcha ijobiy emociyalar. Biz ikkinchi davrda boshida ham sifatli o'yin namoyish etayotgandik, ammo g'alaba qozonmadik. Bizga "g'alaba kayfiyati" etishmayotgandi. Bugungi g'alaba bizga ko'proq kuch va ishonch beradi. Keyingi o'yinlarimizga yaxshi tasir o'tkazadi. Musobaqa jadvalida egallab turgan o'rnimiz bugun ko'proq natija uchun o'ynashga majbur qildi. Biz Superligada qolishni maqsad qilganmiz.

- Bugun qo'lga kiritilgan uch ochko tufayli jamoangiz musobaqa jadvalidagi zich joylashgan "Andijon", "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Qizilqum"lardan o'tib ketdi. G'alaba jamoangiz uchun qo'yi ligaga yo'l olmaslikdan asrab qoldimi? Bugun qo'lga kiritilgan uch ochko jon saqlab qolish uchun etarli bo'ladimi?

- "Qizilqum" bilan musobaqa jadvalida ham yonma-yon edik. SHu sababli bugungi bahs katta ahamiyatga ega edi. Keyingi turdagi raqibimiz "Andijon" ham musobaqa jadvalining quyi pog'onalarida bormoqda. Bu to'qnashuvdagi ochkolar ham juda qadrli bo'ladi. Albatta, bitta g'alabaning o'zi etishmaydi, ammo bugungi g'alaba tufayli vazifamizni osonlashtirib oldik. Endi bizga biroz osonroq. Oldindagi beshta uchrashuvda maksimal ochko to'plashga harakat qilamiz.

- Bugun "Olimpik" o'z uslubini o'zgartirdi dedingiz. Jamoangiz to'pni raqibga berdi va asosan tezkor qarshi hujumlar orqali raqib darvozasiga xavf tug'dirdi, biroq jamoangiz qarshi hujumlardan yaxshi foydalana olmagandek. Qarshi hujumlarda "Qizilqum" ko'p ochiq zonalarni taqdim etdi, ammo ushbu jihatdan jamoangiz yaxshi foydalana olmadi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Biz uzoq vaqt davomida bir uslubda o'ynadik, ammo so'nggi ikki haftada esa taktikamizni o'zgartirdik. Futbolchilar yangi taktik uslubga ko'nikib ketishlari oson kechmayapti. Buni o'zingiz ham sezdingiz. Ayniqsa, o'yin so'ngida futbolchilar so'nggi qarorni qaror qabul qilishda ko'p xatoga yo'l qo'ydilar. "Qizilqum" bugun bunday o'yin namoyish etishimizga tayyor edi va bizga ko'p vaziyat yaratishga yo'l qo'ymadi. Keyingi uchrashuvlarda qanday taktika qo'llashimiz aniq emas, balki eski uslubimizga qaytib olarmiz. Bugungi uchrashuvga bir nechta reja tayyorlagandik va kerak bo'lsa, o'yin davomida taktikamizni o'zgartirishimiz mumkin edi.

- "Olimpik" futbolchilar ayrim vaziyatlarda to'pni o'zida ko'p ushlab yuborayotgandek ko'rindi. Masalan, Abdulajjonov gol urgan vaziyatda ham dribling ishlatdi. Futbolchilaringiz ko'proq to'pni ushlab yubormayaptimi?

- Bo'lishi mumkin. Bunga sabab har bir futbolchi nimaga qodir ekanligini biladi. Futbolchilar hali yosh va shu sababli raqibni aldab o'ta olaman yoki chiroyliroq o'ynay olaman deb o'ylashadi, lekin katta futbolda oddiyroq qaror qabul qilish ko'proq foyda keltiradi. Oddiy pas orqali o'ynash tezroq foyda keltirishi mumkin. Bularning barchasini o'rganib chiqamiz va bu ustida ishlaymiz.

- Keyingi raqib "Andijon" ham ko'proq ikkinchi raqam bo'lib o'ynashni yoqtiradi. Andijonliklar asosan qarshi hujum orqali o'ynashlari hech kimga sir emas. Keyingi turda "Olimpik" bunday noqulay raqibga qarshi qanday uslubda o'ynashi mumkin?

- Oldindan bir narsa deyish qiyin. "Andijon" kecha "Metallurg" bilan o'ynadi. Ushbu o'yinni ko'rib chiqishim va tahlil qilishim kerak. Keyin esa bir xulosaga kelishimiz mumkin.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика