So’nggi yangiliklar

15:02Суперлига. "Сурхон" - ОКМК. Асосий таркиблар маълум  1 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  0 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  2 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  0 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  1 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  6 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  18 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  17

Denis Korostichenko: "Andijonda o'ynash qiyin, "Olimpik" bu erga kelib, birinchi raqamli bo'lib o'ynaydigan jamoa emas" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Andijonda o'ynash qiyin, "Olimpik" bu erga kelib, birinchi raqamli bo'lib o'ynaydigan jamoa emas"

Superliga 22-tur doirasidagi "Andijon" - "Olimpik" o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Avvalo jamoamga bugungi o'yindagi harakatlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Ehtimol o'yinchilarim orasida bunday tribunalar ostida, bunday qo'llab-quvvatlash bor joyda ilk bor o'ynayotganlari bordir. "Andijon"ni esa g'alaba bilan tabriklayman. Ular o'yin bo'yi hujumlar uyushtirishdi, bizni bosimda ushlab turishdi. Bahs so'nggida esa biroz charchab qoldik va to'p o'tkazdik. Maqsadimiz himoyadan o'ynab, qarshi hujumlarga chiqib ketish edi. Bizda vaziyat bo'ldi, ammo biz undan foydalana olmadik.


— "Andijon" standartlarda ancha xavfli harakat qiladi, bunga alohida tayyorgarlik ko'rilganmidi?

— Bu Superligada standartlarda eng yaxshi o'ynaydigan jamoalardan biri. Bubanya va Mamatkazinga qarshi personal o'yinchilar qo'ydik. Umuman olganda, hammasini to'g'ri qildik, ammo so'nggi vaziyat o'xshamay qoldi.


— "Olimpik" "Andijon"ni umuman yuta olmagan. Bu haqda fikringiz qanday?

— Albatta, Andijonda o'zgacha atmosfera bor, buni hamma biladi. Bu erda o'ynash qiyin, "Lokomotiv" bilan kelganimda ham shunday bo'lgandi. Muxlislar jamoaga juda katta yordam berishadi. "Olimpik" bu erga kelib birinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynaydigan jamoa emas. Bizga tajriba etmaydi, ehtimol bunga shu sababdir. "Andijon" o'yinchilari kuchliroq, ammo ular bunday muxlislar bilan yaxshiroq o'ynashlari kerak.






Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика