Dembelening jarohati tasdiqlandi. U kutilganidan ko'proq davolanadi
14 mar 2019 17:10
Yangiliklar
Dembelening jarohati tasdiqlandi. U kutilganidan ko'proq davolanadi
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele jarohat tufayli bir necha hafta maydonga tusha olmaydi, deya xabar bermoqda Kataloniya klubi matbuot xizmati.
Bugun, 14 mart kuni franciyalik tibbiy ko'rikdan o'tdi va futbolchining chap oyoq sonida mushak jarohati aniqlandi. Taxminlarga ko'ra, hujumchi safga qaytishi uchun 3-4 hafta kerak bo'ladi. Oldinroq, Dembele 1-2 haftada yana maydonga tusha olishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
Dembele "Lion"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final javob o'yinida (5:1) jarohat oldi. Franciyalik futbolchi 70-daqiqada Filippe Koutino o'rniga maydonga tushdi. Biroq birozdan so'ng Dembele oyog'ida og'riq his qildi. SHunga qaramay Usmon bahsni yakunlay oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar