Dembele, Fati, Breytueyt va Frenki de Yong "Alaves" bilan o'ynamaydi. "Barsa" qaydnomasidan o'rinbosarlar jamoasidan ikki yangi o'yinchi ham o'rin oldi
30 okt 2021 16:27
Yangiliklar
Dembele, Fati, Breytueyt va Frenki de Yong "Alaves" bilan o'ynamaydi. "Barsa" qaydnomasidan o'rinbosarlar jamoasidan ikki yangi o'yinchi ham o'rin oldi
"Barselona" vaqtinchalik bosh murabbiyi Serxi Barxuan "Alaves"ga qarshi La Liga 12-tur doirasidagi o'yin uchun qaydnomani elon qildi.
Unda Barxuan o'zi bilan bilan "Barsa B"da ishlagan ikki yosh futbolchini qo'shdi: 19 yoshli vinger Abde va 20 yoshli markaziy yarim himoyachi Alvaro Sans.
Tarkibdan jarohat sabab xavbek Serji Roberto o'rin olmadi.
Usmon Dembele, Ronald Arauxo, Ansu Fati, Pedri, Frenk de Yong va Martin Breytueyt tiklanishda davom etishmoqda.
"Barselona" bugun "Alaves" bilan o'ynaydi. Bu Ronald Kumanning bosh murabbiylikdan ketganidan keyingi ilk o'yin bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar