Deku: "Men "Barselona"ga Laportaning qayta qurish haqidagi loyihasiga ishonib kelganman"
12 fev 18:00
Yangiliklar
Deku: "Men "Barselona"ga Laportaning qayta qurish haqidagi loyihasiga ishonib kelganman"
Joan Laportaning raqobatchisi Viktor Font agar g'alaba qozonsa, Deku sport direktori lavozimida qolmasligini aytgandi. Deku esa bu bayonotlarga munosabat bildirdi.
"Barselona" sobiq futbolchisi o'rindiqqa yopishib olmaganini, u Laporta loyihasini amalga oshirish uchun kelganini takidladi. Bu qarorni u ixtiyoriy ravishda qabul qilgan.
"Bunday gaplarga baho berishni istamayman. Men bu erga Joanning qayta qurish haqidagi loyihasiga ishonib kelganman va hozir esa Laportaning barqarorlashtirishga qaratilgan loyihasiga ishonganim uchun qolmoqdaman.
Agar Joan bu erda bo'lmasa, albatta hamma narsa o'zgaradi va unda men ham qolmayman. Gap Viktor Font yoki boshqa birov haqida emas. Gap men nimaga ishonishim va shaxsiy hayotim haqida. Agar nimadir shaxsiy hayotimga to'g'ri kelmasa, ketaman — va tamom.
Menda tanlov erkinligi bor. Men bu vaziyatning qurboni emasman. Bu erga g'oya uchun kelganman, chunki men Barselonadanman va yordam berishni istaganman. Laporta loyihasiga o'z hissamni qo'sha olishimga ishonganman", – dedi Deku.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar