So’nggi yangiliklar

18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  0 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  4 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  4 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  31 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  2 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0

DAZN Franciya Liga 1 chempionati o'yinlarini ko'rsatish bo'yicha shartnomani bekor qilmoqchi Yangiliklar

DAZN Franciya Liga 1 chempionati o'yinlarini ko'rsatish bo'yicha shartnomani bekor qilmoqchi

Teglar :  Liga 1
Ctriming xizmati fevral oyida Franciya Professional Futbol Ligasi (LFP) bilan kelishmovchilik tufayli oylik to'lovni kechiktirgan.

DAZN 35 million evroni kechiktirib to'lagan, chunki LFP qaroqchilikka qarshi kurashish uchun mablag' ajratmayapti, shuningdek, bazi klublar kontent yaratishda ishtirok etishga tayyor emas.  

DAZN 68 million aholiga ega Franciyada atigi 500 ming obunachi to'plaganidan xavotirda. Zarar ko'rmaslik uchun esa, taxminan, 1,5 million obunachi kerak.  

Liga va uning asosiy telekompaniyasi vositachi yordamida muzokaralar olib bormoqda, lekin sezilarli natija yo'q.  

Mavsum boshida DAZN taniqli o'yinchilar bilan ko'proq eksklyuziv intervyular va maxsus suratga olish joylariga kirish imkonini beradigan rejani taqdim etgan edi. Biroq striming bu rejaning etarli darajada amalga oshirilmagani va bazi klublar hali ham ularga ruxsat bermayyotganini his qilmoqda.  

Platforma Liga 1 bilan kelishuvni shartlarda ko'zda tutilganidan (2025 yil dekabridan) ertaroq bekor qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.  

Liga media oldidagi majburiyatlarini bajarimayotgan klublarga jazoni kuchaytirish yoki jarima joriy qilish g'oyasini ilgari surgan, lekin bu DAZN’ni yoqmagan.  

Tinchlik bilan echim topish imkoniyati mavjudligi taxmin qilinmoqda va DAZN LFP’ga raqobatchi telekompaniyalar bilan kelajakdagi hamkorlikni muhokama qilishni taqiqlovchi banddan voz kechishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика