So’nggi yangiliklar

21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00ЕЧЛ. "Қайрат" - "Реал" баҳси асосий таркиблари маълум!  18 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  34 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  14 20:25"Ал Аҳли" устози: "Ультрас" бизга ҳеч қандай босим ўтказмайди. Бундай мухлислар кўз ўнгида футбол ўйнаш ёқимли"  9 19:48Гвардиола "Манчестер Сити" футболчисининг "Реал"га ўтишига тўсқинлик қилган  4 19:20ЎФА нега жим?  11 18:58Максим Шацких: "Ҳужумда қулай имкониятларимиз бўлишига ишончим комил"  9 18:36Фабрицио Романо: Ўзбекистон Фабио Каннаваро билан боғланди  20 18:23Деку "Барселона"нинг Нико Уильямсга бўлган қизиқишини рад этди  3 17:55Ҳиндистон клуби ОЧЛ 2 мусобақасидан четлаштирилди  2 17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  1 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  2 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  5 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1

Davron Kabulov: "Musobaqadagi kayfiyat, muhit menga juda yoqdi" Yangiliklar

Davron Kabulov: "Musobaqadagi kayfiyat, muhit menga juda yoqdi"

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga bag'ishlab o'tkazilgan musobaqada "Sanatkorlar" jamoasi sharafini himoya qilgan taniqli boshlovchi Davron Kabulovning turnir haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.


- Men bu musobaqaga Alisher Uzoqovning taklifi bilan kelgandim. Baxonada juda ko'plab yo'qotib qo'ygan do'stlarim, tanishlarimni topdim. Bu turnirning kayfiyati juda yoqdi. Maydonda keskin kurash kechayotgan bo'lsada, musobaqadagi do'stona xaroratni sezish qiyin emas. Maydondan tashqarida ajoyib hazillar, do'stlar diydori kishini quvontiradi. Musobaqaning muhiti ajoyib darajada. Bu erdagi hech bir jamoada g'oliblik birinchi darajali maqsad sifatida qaralmayotganligi kishini xursand qiladi. SHunchaki kunduzgi vaqtimizni maroqli, mazmunli va qiziqarli o'tkazish imkoniyatiga ega bo'lyapmiz. Bevosita o'yinlarga keladigan bo'lsak, uchrashuvlar juda yuqori darajada o'tmoqda deya olmayman. Lekin havaskorlar darajasiga munosib tarzda kechmoqda. Bu kabi musobaqalarni har xil kasb egalari o'rtasidagi tez-tez o'tkazilib turishi maqsadga muvofiq bo'lardi. CHunki oxirgi yil davomida futbol bilan faol turzda shug'ullanmasdan shuni angladimki, sog'lom turmush tarzi bu shunchaki baland parvoz gap emas. Bu narsani har birimiz o'zimizga singdirishimiz lozim. Sog'lom turmush tarzini imkon qadar millat darajasiga ko'tarishimiz kerak. Bu erda kishi yoshini farqi yo'q, 18 yoshlikmi, 35 yoshda bo'ladimi bu ahamiyatga ega emas. Etiborimizni ichkilik, sigaretlarga emas, sog'lom turmush tarzi, yani sport bilan muntazam shug'ullanib turishga qaratmog'imiz darkor. Futbol, engil atletika, yugurish va boshqa sport turlari bilan shug'ullanish foydali ekanligini barcha birdek biladi. Lekin hamma ham bunga amal qilmaydi. Agarda shu kichkina turnir orqali shu ishga qo'l urilgan bo'lsa, buni faqat olqishlash kerak. Sog'lom fikrlaydigan odam bu g'oyadan,  bu tashabbusdan hech qachon voz kechmaydi. So'nggi ikki yilda futbol bilan faol shug'ullanmaganimning sababi, jiddiy jarohat olgandim. Oyog'im singani bois biroz tanaffus qilishga to'g'ri keldi. Endi asta-sekin sport formani tiklab boryapman. Bu erda qatnashayotgan jamoalarning juda ko'pini yaxshi bilaman. Masalan, "Osiyo" jamoasi mashg'ulotlarini mening uyimni oldida o'tkazishadi va ularning qanday kuchga ega ekanligidan xabardor edim. Jurnalistlar bilan ham vaqtida birga to'p tepganman va ularning o'yinlari ham men uchun yangilik bo'lgani yo'q. Faqat jurnalistlarning ko'rsatayotgan natijalari biroz xayron qoldirdi. CHunki men ulardan ko'proq narsa kutgandim. Oliy sud jamoasi men uchun "qora tulpor" vazifasini bajarib berishmoqda. Lekin bu jamoa bilan ham o'ynasa bo'larkan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика