So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  7 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  10 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  38 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  34 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  102 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  10

Davron Fayziev: "O'yin haqida gapirishdan oldin aytmoqchi bo'lgan fikrlarim bor edi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "O'yin haqida gapirishdan oldin aytmoqchi bo'lgan fikrlarim bor edi"

Coca Cola Superligasi 16-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Navbahor" (1:1) uchrashuvidan keyin qo'qonliklar ustozi Davron Fayziev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- O'yin haqida gapirishdan oldin aytmoqchi bo'lgan ozgina fikrlarim bor edi. Men bugungi muhit, ikkala jamoa uchun ham yaratib berilgan sharoit uchun "Turon" klubi rahbariyatiga va klub tizimida mehnat qilayotgan barcha ishchi-xodimlariga minnatdorchilik bildiraman. Bugungi o'yindan oldin ham, uchrashuv vaqtida ham muxlislarimiz bizga ishonib, qo'llab-quvvatlashdi. Ularga jamoamiz nomidan rahmat aytaman. Bundan keyin ham bizga ishonishda davom etishlarini so'rab qolaman. 

Bugun haqiqiy derbiga xos o'yin bo'ldi. Ikki jamoa muxlislari ham juda zo'r olqishlab turishdi. Ikkinchi derbida ham ko'rib turganingizdek, yana muxlislar g'alaba qozonishdi. Bugungi o'yinda ikki jamoaga ham ochko juda zarur edi. Bu – futbol, biz g'alaba uchun harakat qilamiz. Bugun yigitlar ko'rsatgan o'yindan qoniqish hosil qildim, etirozim yo'q. Jarohatlar sabab tayyorlagan rejamiz ozroq o'zgardi. Keyingi o'yinlarda ham oxirigacha kurashamiz. Turnir jadvalida egallab turgan o'rnimiz bizga munosib emas. Yigitlar bundan ortig'iga loyiq. Ishlashda davom etamiz.

- Ilhomjon Vahobov ko'rsatgan o'yin haqida nimalarni ayta olasiz?

- Futbolchiga ko'proq muxlislar baho berishadi. Biz murabbiylar qaysi futbolchini qachon maydonga tushirishni vaziyatdan kelib chiqib hal qilamiz. Men hozir kimnidir maqtamoqchi emasman, ishlash lozim bo'lgan xato va kamchiliklarimiz bor. Zaxirada qolib ketayotgan futbolchilarga ham imkon beryapmiz. Mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatsa, maydonga tushiryapmiz. Qolgani futbolchining o'ziga bog'liq. CHiqib o'ynaydi, harakat qilsa, natija ko'rsatadi. SHiddatli o'yin bo'ldi. 

Jamoani qabul qilib olganimdan so'ng 3 ta o'yin, 3 ta durang natija bo'ldi. Menga qolsa, uning o'rniga 2 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyatni afzal deb bilardim. Murabbiy natija ko'rsata olsa, jamoada qoladi, aks xolda, o'rnini bo'shatib berishga majbur.

- "Navbahor" bu o'yinga peshqadam sifatida etib kelgandi. Bugun 1 ochko oldingizmi yoki 2 ochko yo'qotdingizmi?

- Bilmadim, o'zim uchun aytsam, men natijadan qoniqqanim yo'q. Bu haqda o'tgan o'yindagi durangdan keyin ham aytgandim. Oxirgi uzatma va yakunlovchi zarbalarda kamchiliklarimiz bor. Peshqadam turdan turga o'zgarib turibdi. "Navbahor"dan kam joyimiz yo'qligini ko'ryapman. Murabbiy sifatida natijadan qoniqqanim yo'q, bugun g'alaba uchun maydonga chiqqandik.

- Bugungi o'yinda Jamshid Hasanov doimiy poziciyasida o'ynamadi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Jamshid Hasanov oldin ham o'ng qanot himoyasida o'ynagan. Biz uni aynan "Navbahor" bilan o'yin uchun poziciyasini o'zgartirganimiz yo'q. Bugun Avazxon Mamatxo'jaev bir oz betob edi, shamollagan. SHu sabab uning o'rnida Jamshid Hasanov o'ynadi. Bunda hech qanday muammo yo'q.

"Navbahor"da ko'proq etibor Jamshid Iskanderovga bo'ldi. Uni to'liq yopganimizda bizga yanada oson bo'lardi. Futbolchi universal bo'lishi kerak.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика