So’nggi yangiliklar

13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  0 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  1 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  2 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  3 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  3 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  7 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  7 07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  1 07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  1 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  8

Davron Fayziev: "Olmaliqda qarshi hujumlar qurboniga aylandik" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Olmaliqda qarshi hujumlar qurboniga aylandik"

Superliganing 19-turidan o'rin olgan AGMK - "Dinamo" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Davron Fayziev o'z fikrlarini bildirdi.

"Jadvalda yonma-yon turgan ikki jamoa o'rtasidagi bahs guvohiga aylandik. Biz yana o'z xatolarmiz tufayli jazolandik. Bugun qarshi hujumlar qurboniga aylandik desak to'g'riroq bo'ladi. Masalan, Grigalashviliga o'xshagan futbolchi bizning jamoada yo'q.

Ikkinchi davrani ketma-ket oltita mag'lubiyat bilan boshladik. Ayni paytda meni o'rnimda bo'lishni hech kim xohlamasa kerak. Qiyin vaziyatdan chiqishga harakat qilamiz.

Sen urmasang senga urishadi, bu futbolning qoidasi. AGMKni haqqoniy g'alaba bilan tabriklayman.

AGMKning qarshi hujumlaridan ehtiyot bo'lishimiz kerakligini aytgandim. Birinchi gol o'tkazib yuborganimizdan keyin yigitlar futbol o'ynashni boshlashdi. Birinchi taymning o'zida biz mezbonlardan ko'proq hujum tashkil qildik, ikkinch taymda ham biz hujumga o'tdik, ammo golni AGMK urdi", - deydi Davron Fayziev.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика