So’nggi yangiliklar

20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  0 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  6 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  6 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  8 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  18 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  6 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  4 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  5 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0

Davron Fayziev: "Haqiqiy kuchimiz Saudiya Arabistoni bilan o'yinda bilinadi. "Qo'qon-1912"ga o'tgan yilgi omadni qaytarishimiz kerak" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Haqiqiy kuchimiz Saudiya Arabistoni bilan o'yinda bilinadi. "Qo'qon-1912"ga o'tgan yilgi omadni qaytarishimiz kerak"

Baxtiyor Ashurmatov murabbiyligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi mashg'ulotlarni kechadan etiboran Toshkentda davom ettirdi.

Jamoaning poytaxtdagi ilk kungi mashg'uloti "Bunyodkor" akademiyasi maydonida bo'lib o'tdi. Unda futbolchilar tiklanish mashqlariga etibor qaratishdi. Qiziqarli va yuqori kayfiyatda o'tgan mashg'ulotlardan so'ng yaqinda "Qo'qon-1912" murabbiylar shtabiga qaytgan tajribali murabbiy Davron Fayzievni suhbatga chorladik.

- "Qo'qon-1912"ni tark etganingizdan so'ng ko'p sonli muxlislar sizni jamoaga qaytishingizni istadi va talab qildi. Ikkinchi marotaba Qo'qonga qaytish qanday bo'ldi?

- Mavsum boshlangandan buyon har bir o'yinda bu haqidagi xabarlarni eshitdim. "Qo'qon-1912"dan ketganimdan keyin bazi bir muxlislar xafa bo'lishdi. Har bir murabbiy mustaqil ishlashni istaydi. Ishqibozlar o'shanda qarorimni to'g'ri tushunishdi, deb o'ylayman. Taqdir taqozosi bilan to'qqizinchi turdan so'ng Qo'qonga qaytdim. Klubda futbolchilar, murabbiylar, rahbariyat begona emas. Barchalari juda yaxshi kutib olishdi. Bundan xursandman. Superligadagi tanaffusdan foydalanib yigitlar bilan yaxshi gaplashib oldik. Ko'ryapsiz, mashg'ulotlar Toshkentda olib borilyapti. Oldinda to'rtta qiyin o'yin kutmoqda. Maqsadimiz maksimal ochko ishlash. CHunki natijalarimiz o'tgan yilgidan biroz pastroq. Bosh murabbiyimiz  Baxtiyor Azamovich boshchiligida vaziyatni yigitlarga tushuntirdik. Birinchi davraning qolgan to'rt o'yinida ijobiy natija qayd etishimiz kerak.

-  Garchi mavsum boshida "Buxoro"da faoliyat olib borgan bo'lsangizda, baribir "Qo'qon-1912"ning o'yinlarini, natijalarini kuzatib borgansiz. Aytingchi, jamoaga ortda qolgan uchrashuvlarda nima etishmadi? CHunki chetdan qaragan odamga bu yaqqol bilinadi...

- To'g'ri maydon tashqarisidan kuzatgan odamga xatolar, kamchiliklar sezilishi tabiiy. Ochig'ini aytganda, "Qo'qon-1912" jamoasidan o'tgan yilgi omad bu mavsumda ko'p bor yuz o'girmoqda. Deylik o'z maydonimizda kechgan "Metallurg", "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvlarda ochiqchasiga omad etishmadi. "Bunyodkor", "Qizilqum" bilan o'yinlarda ham shunday holat kuzatildi. Bundan buyon mana shu omadni qaytarishimiz lozim. Natija yaxshi bo'lmagandan keyin, futbolchilarda ruhiy tushkunlik yuzaga kelishi mumkin. Ularga o'yin borasida, mashg'ulotlarda hech qanday etirozimiz yo'q. Yuqorida aytganimdek omadni qaytara olsak avvalgi mavsumdagidan kam natija ko'rsatmaymiz.

-  Ortda qolgan 9ta tur davomida jamoa o'z darvozasidan 10ta to'p olib chiqdi. Nima deb o'ylaysiz, himoyadagi muammolar pand bermayaptimikin?

-  Maydonda 11 nafar futbolchi o'ynaydi. Har bir chiziqda muammolar kuzatiladi. Kam gol o'tkazib yuborsangiz himoyachilar yaxshi o'ynaydi, deyishadi. Hujumchi ko'p gol ursa, demak hujumchi yaxshi bo'ladi. Muzaffar Abdullaev jarohat olgach himoyachilarning o'ziga bo'lgan ishonchi yo'qolib qolgandek tuyuldi. Oxirgi 2-3ta turda o'tkazib yuborgan gollarimiz ko'p bo'ldi. 

- Klublarda himoyachilar bilan bog'liq muammolar terma jamoamizga ham tasirini o'tkazmoqda. Ayni paytda ham ojiz chizig'imiz mudofaa bo'lib qolyapti...

- Singapur qarshilik ko'rsata olmagani sababli himoyadagi ko'p xatolar kuzatilmadi. Haqiqiy kuchimiz Saudiya Arabistoni bilan o'yinda bilinadi. Yaman bilan ham oson o'yin bo'lmaydi. Hozirgi paytda terma jamoamiz har qanday holatga tayyor turishi kerak. Bunday pallada barcha chiziq vakillaridan xushyorlik talab qilinadi. Qolgan ikkita uchrashuv biz uchun omadli o'tishiga aminman. Faqat bu erda o'z kuchlariga bo'lgan ishonch ko'p narsani hal qiladi. Murabbiy tomonidan berilgan ko'rsatmani to'g'ri bajarishsa bo'lgani. Vadim Abramov Saudiya Arabistoniga yaxshi saviyadagi futbolchilar bilan borgan.

- Birinchi pasni beradigan markaziy himoyachilar so'nggi yillarda tanqis bo'lib qolgandek...

- Juda to'g'ri. Birinchi pasni bera oladigan himoyachilar kam. Katta yoshli futbolchilardan bu narsani talab qilish biz murabbiylar uchun ham noto'g'ri. Bu narsalarning barchasi bolalikdan, yoshlik paytidan boshlab o'rgatilinadi. Hozir shunday tipdagi himoyachilar barmoq bilan sanoqli. Yo'q demayman, masalan "Qo'qon-1912"da Murod Holmuhammedov, "Lokomotiv"da Islom Qobilov, ilgari "Bunyodkor"da to'p tepgan Rustam Ashurmatovda birinchi pasni berish qobiliyati bor. O'yinni borishini o'qiydigan markaziy himoyachilar kamayib ketgan. Jangovorlik, kurashlarda yutqazishayotgani yo'q. Ammo o'yinda qaeridadir tempni pasaytirish, qanotlarga to'pni etkazib berish markaziy himoyachiga bog'liq bo'ladi. Deylik "Nasaf"da Umar Eshmurodov o'yinni o'qiy oladi. Biroq bu ko'p jamoalarimizda yo'q, deb o'ylayman. Bizning futbol ko'proq ko'proq texnika va taktikaga moslashgan. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика