So’nggi yangiliklar

18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  0 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  3 18:02Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  3 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  10 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  7 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0

Davron Fayziev: “Elitada qolish imkoniyatimiz yo'qotilgani yo'q” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Elitada qolish imkoniyatimiz yo'qotilgani yo'q”

“Andijon” – “So'g'diyona” (3:2) uchrashuvi yakuniga etgach o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida jizzaxliklar ustozi Davron Fayziev ishtirok etdi.

- Avvalo bugungi IIB xodimlarining kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etmoqchiman. O'yinga keladigan bo'lsak, bugun har ikki jamoa uchun ham g'alaba suv va havodek zarur edi. Oliy ligada qolish uchun kurashayotgan klublarning to'qnashuvi bo'ldi deyish mumkin. Andijonliklar uchun qo'shaloq bayram bo'ldi – deya gap boshladi Davron Oripovich.

- Bugungi o'yin uchun shogirdlarimga etiroz yo'q. O'yin bo'yicha yutqazmayotgan bo'lsakda, natijaga kelganda oqsayapmiz. Avvalgi turda ham “Nasaf”ni o'z maydonimizda yutishga juda yaqin turgandik. Ammo...

- Aleksandr Kleckovning zaxirada qolayotganini boisi uning yaqinda qaynonasi olamdan o'tgandi. SHu munosabat bilan u malum muddat mashg'ulotlarda ishtirok eta olmadi. Bugun o'z darvozamizdan o'tkazib yuborgan birinchi golga keladigan bo'lsak, o'sha vaziyatda Anvar Berdievdek tajribali hujumchining mahorati qo'l keldi. Agarda uning o'rnida boshqa hujumchi bo'lganida, ehtimol gol bo'lmasmidi. Himoyachimiz (Sardor Qahhorov nazarda tutilmoqda) gol bo'lgan vaziyatda oddiy xatoga yo'l qo'ydi. To'pni darvozabonga o'tkazib yuborishi kerak edi. Yoki o'zi oldinga tepib yuborishi lozim edi. Endi nima ham derdik. Yigitlarga baribir mahorat etishmayapti. Ko'pchilik aytadiki, mahoratli himoyachi bilan hujumchi olishni. Lekin ularni qaerdan topamiz?! Hozir bunga imkonimiz yo'q. Bu gaplar bahonadek ko'rinib qolishi uchun ham gapirishni foydasi yo'q menimcha.

- Oliy ligada qolish uchun hamon imkoniyat bor ekan oxirigacha kurashamiz. Oldinda uchta o'yin qoldi. Kerakli ochkolarni qo'lga kirita olsak, vazifani bajaramiz. Jizzaxda futbol bo'lgan va bundan keyin ham bo'ladi – deydi Fayziev.


Islombek Rustambekov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика