So’nggi yangiliklar

17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  1 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  6 17:00Про лига. "ФарДУ" "Жайхун" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  1 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  4 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  5 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0

Davron Fayziev: Bu yil Muborakdan hech kim ochko bilan qaytmagandi, buni biz uddaladik Yangiliklar

Davron Fayziev: Bu yil Muborakdan hech kim ochko bilan qaytmagandi, buni biz uddaladik

Teglar :  Dinamo
Pro-Liga 16-turi doirasidagi markaziy o'yin Mashal - Dinamo (0:0) uchrashuvidan keyin Dinamo bosh murabbiyi Davron Fayziev o'z fikrlarini bildirdi.

- Muborakdagi o'yindan oldin futbolchilarimizga ushbu bahsda bitta gol o'yin taqdirini hal etishini takidlagandim. Biz uchun eng asosiysi himoyada mustahkam to'p surib, vaziyatlarni golga aylantirish edi. O'yin davomida ikki tomonda ham gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Mezbonlar hujumlari vaqtida darvozabonimiz va himoya chizig'imiz yaxshi o'yin namoyish etdi. Bizda ham birinchi bo'lim yakunida juda yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi, ammo hujumchimiz darvoza ustunini nishonga oldi. Bu yil hech kim Muborakda “Mashal” bilan bahsda ochko olmagandi, biz buni uddaladik. Muborakda peshqadam “Mashal” maydonidan ochko bilan qaytish yomon natija emas.

Meni ajablantirayotgan jihat, jamoamizning har o'yinda turli ruhiy holatda tushayotganligidir. Peshqadam jamoalarga qarshi jangovar kayfiyatda, autsayder klublarga qarshi kuchiga to'g'ri baho bermaslik kayfiyati borligi meni qoniqtirmayapti. Bu borada ish olib boramiz.

Jamoamizga qo'shilgan yangi futbolchilar bugun dastlabki o'yinlarida maydonga tushganliklarini inobatga oladigan bo'lsak, yaxshi kirishib ketishdi. Akmal Xolmurodov “Dinamo” uchun begona emas, u 3 yil davomida klub sharafini munosib himoya qilgan. Suhrob Izzatov va Abbosbek Jumaqulov singari yoshlarni ijara asosida “Bunyodkor”dan oldik, ulardan ham umidimiz katta.

Keyingi turda dam olamiz, tanaffus oldi so'nggi turda esa “Norin” bilan maydonga faqat g'alaba uchun tushamiz. Uchinchi davra oldidan vaziyatni imkonqadar yaxshilashimiz kerak.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика