So’nggi yangiliklar

17:15Суперлига. "Хоразм" — "Сўғдиёна" 0:0 (матнли трансляция)  2 17:05"Милан" Левандовски билан шартнома имзоламоқчи  0 17:00Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди  16 16:05"Капаз" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 15:54Про лига. "Локомотив" Суперлигага қайтди, "Арал" плей-оффда ўйнайди  7 15:23"Қўқон-1912" - "Пахтакор" ўйинида 33 йиллик натижа такрорланди  0 14:43Ирландия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон Япония ва Жанубий Корея сингари ривожланиб бораётган кучли жамоа ҳисобланади"  0 14:28U-17 ЖЧ. Ўзбекистоннинг Ирландияга мағлубиятган учраган ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 13:05"Машъал" 17 йилдан кейин Қаршида "Насаф"дан 3 очко тортиб олди  13 12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  1 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  2 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  3 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  85 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3

Davron Fayziev: "Bizga bugungi o'yinda omad etishmadi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Bizga bugungi o'yinda omad etishmadi"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Juda qiziqarli o'yin bo'ldi. Bugun bizga omad etishmadi. Vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik. Bugun o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynaganimiz tufayli yoshlarga ham imkon berdik. Imkoniyatlarini chamalab oldik, sinovdan o'tkazdik. Yomon harakat qilishmadi, aytib o'tganimdek bizga omad etishmadi.

"Nasaf" yaxshi shakllangan jamoa. Tarkibida kuchli ijrochilar bor. Qo'qonda esgan shamol ham har ikki jamoaning o'yiniga tasir ko'rsatdi.

- Golda darvozabonning xatosi bor deb o'ylaysizmi?

- Yo'q, bunda faqat darvozabonni ayblamagan bo'lardim. Golda hammaning xatosi bor. Himoyachilar, yarim himoyachilar, zarbagacha qo'yib berdik. Darvozabondan ham xato bor, lekin ayb to'liq unda emas. Zarba berilgan vaqtda to'p yo'nalishi o'zgardi, bu darvozabonni chalg'itdi. "Nasaf" bizning jarima maydonimiz atrofida xavfli vaziyatlar yaratishiga tayyor edik. SHundan boshqa vaziyatlarda biz ularga imkon bermadik.

- Kubok qurasiga munosabatingiz qanday? Masalan, kimdir uyda, kimdir safarda ko'proq o'ynashiga fikringiz qanday?

- To'g'ri, biz qolgan ikkita o'yinni safarda o'tkazamiz. Reglamaent shunday va biz uni hurmat qilamiz. Lekin baribir har bir jamoa safarda ham o'ynaydi, to'liq uyda o'ynamaydi.

Bizga Superliga yo'llanmasi vazifasi qo'yilgan. Endilikda bor etiborimizni chempionat o'yinlariga qaratamiz. Biroq bu kubok o'yinlariga etiborsiz ekanimizni anglatmaydi. Bizning vazifamiz shu, o'yin bormi, maydonga chiqdikmi, demak g'alaba uchun harakat qilamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика