So’nggi yangiliklar

23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  0 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  19 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  3 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  21

Davron Fayziev: “Muammolar girdobidamiz” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Muammolar girdobidamiz”

"Nasaf" - "So'g'diyona" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
-Avvalambor “Nasaf”ni g'alaba bilan tabriklayman. Bizning xatolarimiz qimmatga tushdi. Birinchi bo'limda yigitlar ko'rsatmalarimni bajarishdi. Lekin “Nasaf” hisobni ochgach, bizni oldinga yurishga majbur qildi va xatolarimizdan unumli foydalandi. Lekin futbolchilarimga minnatdorchilik bildiramanyu SHunday og'ir vaziyatda bo'lishmizga qaramay ular matonat ko'rsatishmoqda. Yashirishning hojati yo'q: xozirgi moliyaviy holatimizga havas qilib bo'lmaydi. SHunga qaramay oxirigacha kurash olib boramiz.

-Lekin bugungi o'yin bilan jamoangiz yuqori pog'onalarda yurishga loyiq. Ammo natija havas qilgulik emas...


-Oldin ham bu kabi fikrlarni eshitganman. Yuqorida takidlab o'tdim: bizning imkoniyatlarimiz juda cheklangan. Hatto Zominda ham faqat o'yin kuni borib, xuddi mehmonda to'p tepgandek, maydonga chiqayapmiz. SHunga qaramay, biz jamoani Oliy ligada olib qolmoqchimiz va buning uchun oxirigacha kurash olib boramiz.

-O'tgan turda jamoangiz ko'rsatgan natija ko'pchilik saytlarda kelishilgan o'yin sifatida baholandi. Bunga sizning munosabatingiz?

-SHu savolni kutgandim. Men sizga hozir sharoitimni tushuntirdim. SHu holatda  qanday qilib “Navbahor” bilan kelishib, yutuqqa erishishim mumkin? Agar shu kabi ishlar qo'limdan kelganimda bugun “Nasaf”dan ham ochko olib ketishim kerak ediku. Harqalay, besh yil shu jamoa safida to'p tepganman?! Bu futbol oldindan natijani aytib bo'lmaydi. Agar shunaqa bo'lgan bo'lsak, demak Italiyada yaqinda o'tkazilgan “Parma” - “Milan” o'yinida ham hisob kelishgan, deb hisoblash mumkin ekanda?!

-Jamoaning moliyaviy imkoniyatlarini past bo'lsada, jamoa tarkibiga ikkita legioner taklif etgansiz. Bugun ularning har ikkalasi ham alo darajada harakat qilishdi...


- Agentlarga murojjat qilganimda, menga aynan Koblashni tavsiya etishgandi. Nazorat uchrashuvlarida u yaxshi tomonlarini ko'rsata oldi va u bilan shartnoma tuzdik. Lekin hozircha u bilan tuzilgan shartnoma bandlarini to'liq bajarganimiz yo'q. Lekin agar Oliy ligada qoladigan bo'lsak, ushbu futbolchilarni jamoamiz safida olib qolishga harakat qilamiz. To'pni o'zida saqlab tura olish bilan birga, gol sezish qobiliyati ham bor.

-Jamoa qachon o'z stadionida mehmon jamoalarni qabul qilishni boshlaydi?

-Aslida reja bo'yicha Jizzaxda qad rostlagan stadionimiz oktyabrda tayyor bo'lishi kerak edi. Lekin maydon maysasini kerakli holatga keltirish birmuncha vaqt talab etadi. Nasib etsa kelgusi yili Navro'z bayramiga qadar bu majmua masumga taxt bo'ladi. 20 gektar maydonda futbol maydoni bilan birga sportchilar uchun yana boshqa ko'plab qulayliklar yaratiladi.

"Nasaf" matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика