Daniya terma jamoasi ustozi: Ahmoqona qarorlardan charchadim
30 iyu 09:14
Yangiliklar
Daniya terma jamoasi ustozi: Ahmoqona qarorlardan charchadim
Daniya terma jamoasi ustozi Kasper Yulmann Germaniyaga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Birinchi navbatda Germaniya terma jamoasini keyingi bosqichga yo'l olgani bilan tabriklayman. Dastlabki 15 daqiqada raqib to'liq ustunlikka ega bo'ldi, keyin esa biz asta-sekin o'zimizga keldik.
Bugungi uchrashuvni VAR hal qildi. Bir santimetrlik ofsayd o'yin taqdirini o'zgartirib yubordi. Qo'l bilan o'ynalgan bunday holatlarga penalti belgilash g'alati, futbolchilar tabiiy holatda turgan bo'ladi. VARning ahmoqona qarorlaridan charchadim. Men hakamlik haqida kamdan kam gapiraman, bugungi bahs biz uchun juda muhim edi», — dedi Kasper Yulmann.
Fikrlar