Daniel Starrij va Sem Ellardays - fevral oyining eng yaxshilari
14 mar 2014 17:31
Yangiliklar


Daniel Starrij va Sem Ellardays - fevral oyining eng yaxshilari
"Liverpul" hujumchisi Deniel Starrij Angliya chempionatining fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi, deya xabar bermoqda Premer-liga rasmiy sayti.
Hujumchi o'tgan oyda to'rt o'yinda beshta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Eng yaxshi murabbiy deb esa "Vest Xem" ustozi Sem Ellardays topildi.
Uning murabbiyligi ostida jamoa 4 o'yinda g'alaba qozonib, 10-o'ringa ko'tarilib oldi.

Fikrlar