Daniel Alves: "Agar "Barselona" istasa qolaman"
10 iyu 2014 14:52
Yangiliklar


Daniel Alves: "Agar "Barselona" istasa qolaman"
"Barselona" futbolchisi Daniel Alves kelajagi borasida hozircha aniq qarorga kelmagan.
"Kelasi yili nima qilishimni bilmayman. "Barselona" vakillari bilan uchrashaman va qaror qabul qilaman. Agar ular mening qolishimni istasalar, men qolaman.
Ayni paytda klub bilan shartnomam bor va jamoada yana bir yil qolishim mumkin. Lekin, barcha narsa ham menga bog'liq emas", - deydi futbolchi.
Avvalroq Alvesning PSJga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar