Dani Alves: “YO Qatarda chempion bo'lamiz, yo bosh sovrinni o'g'irlab ketamiz”
10 apr 2022 09:10
Yangiliklar
Dani Alves: “YO Qatarda chempion bo'lamiz, yo bosh sovrinni o'g'irlab ketamiz”
Dani Alves Braziliya terma jamoasining JCH-2022'dagi maqsadi haqida gapirdi.
“Menga etishamayotgan yagona sovrinni yutishni istayman. Qatardagi musobaqaning g'olibligiga davogarlik qila oladigan jamoamiz bor deb hisoblayman. Tarkibimizda yosh iqtidorlar bilan bir qatorda tajribali futbolchilar ham bor. Bizda imkoniyatlar bo'ladi. Ammo birinchi navbatda terma jamoadan chaqiruv olishim lozim. CHempion bo'lish uchun barcha narsani qilamiz, aks holda, kubokni o'g'irlab ketamiz”, – degan 38 yoshli himoyachi.
Eslatib o'tamiz, bo'lajak mundial guruh bosqichida “pentakampeonlar”ga Serbiya, SHveycariya va Kamerun raqiblik qiladi.
Fikrlar