So’nggi yangiliklar

15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  1 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  0 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  2 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  12 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  15 13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  3 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  3 12:27Эксперт фикри. Диёр Мирзабоев: "Андижон" икки фронтга тайёр эмасдек кўринди, баъзи жамоалар таркиби Суперлига учун етарлича кучлимас"  5 11:55​"Нефтчи" мухлислари қаршисида "Динамо"ни доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0 11:26Ўзбекистон кубоги ярим финал ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  7 11:14Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашувини ким бошқариши маълум  10 11:09Владислав Цейтлин Роналду клубининг ўйинида ишлайди   1

Damir Temirov - Dinamoning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi Yangiliklar

Damir Temirov - Dinamoning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi

Teglar :  DinamoDamir Temirov
Dinamo klubi matbuot xizmati 2007 yildan buyon davom etayotgan ananasiga sodiq qolib, 2020 yil yakunlariga ko'ra, jamoaning eng yaxshi futbolchisini aniqladi.

Avvalgi yillarda «Dinamo»ning yil futbolchisi klubning rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovnoma orqali aniqlangan bo'lsa, joriy mavsumda telegramdagi rasmiy kanalida tashkil etilgan ikki bosqichli ovoz berish orqali saralandi.

Dastlabki bosqichda mavsum davomida o'zini yaxshi ko'rsatgan 10 nafar futbolchi kiritilgan bo'lsa, yakuniy bosqichda 5 nafar futbolchi qoldi – Komil SHarofutdinov, Obid Jo'raboev, Muhammadqodir Hamraliev, Damir Temirov va SHoxruh Abdurahmonov.

Etiborlisi, qariyb bir hafta davom etgan ovoz berish jarayonining dastlabki kunlarida jamoa yarimhimoyachisi Damir Temirov katta farq bilan 1-o'rinda borayotgan bo'lsa, so'rovnomaning so'nggi kunlarida «Dinamo» klubi kanalidagi so'rovnoma aksariyat muxlislar tomonidan boshqa kattaroq auditoriyalarga ega guruhlarga ham yo'llanib, yana boshqa ikki futbolchi uchun ovoz berilishi so'ralgani kuzatildi. Bu esa ikki ishtirokchi suniy ovozlar orqali yuqorilashiga sabab bo'ldi. Natijada so'rovnomani yakunlab, ikki bosqichning dastlabki kunlarida eng ko'p ovoz to'plagan Damir Temirovni «Dinamo» jamoasining 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb elon qilishga qaror qildik.

2020 yil davomida faol bo'lib, 3ta gol urib hamda 4ta golga hammualliflik qilgan 22 yoshli ushbu yarimhimoyachi so'rovnomada 2690 ovozdan 26 foiziga (718ta ovoz) ega chiqdi.

Keyingi o'rinlar Obid Jo'raboev, Muhammadqodir Hamraliev, SHoxruh Abdurahmonov va Komil SHarofutdinovga nasib qilgan.

Eslatib o'tamiz, 2007 yildan buyon klub matbuot xizmati tomonidan so'rovnoma orqali aniqlanib kelinayotgan «Dinamo»ning «mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi» nomiga quyidagi futbolchilar loyiq ko'rilgan:

«Dinamo»ning «yil futbolchisi» nominaciyasi g'oliblari:


2007 yil – Farhod Tojiev

2008 yil – Ilyos Qurbonov

2009 yil – Bahodir Nasimov

2010 yil – Ilhom Yunusov

2011 yil – [Devid Oniya]

2012 yil – Ivan Nagaev

2013 yil – Andrey Melnichuk

2014 yil – Andrey Melnichuk.

2015 yil – Kamoliddin Murzoev.

2016 yil – Amirjon Safarov.

2017 yil – Jasur Azimov.

2018 yil – Akmal Xolmurodov.

2019 yil – Botirali Ergashev

2020 yil – Damir Temirov

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика