So’nggi yangiliklar

17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  0 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  0 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  9 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  28 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  31 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1

Dahshatli derbi oldidan: "Paxtakor" & "Loko" Yangiliklar

Dahshatli derbi oldidan: "Paxtakor" & "Loko"

O'zbekiston Superligasining 1-turidan o'rin olgan markaziy bahs "Paxtakor" - "Lokomotiv" o'rtasidagi o'yin ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otmoqda.

Mazkur o'yin orqali chempionat o'yinlarini boshlab oladigan principial raqiblar butun mavsum davomida chempionlik uchun kurash olib borishlari hech kimga sir emas.

Ilk o'yin, keskin qarama-qarshilik, finalga chempionatdagi finalga teng to'qnashuv.

"Lokomotiv" chempionlik shohsupasidan tushib ketmaslik uchun kurashsa, "Paxtakor" o'sha cho'qqini zabt etishga qattiq bel bog'lagan.

Mazkur jamoalarning o'tgan yilgi hisob-kitobida ustunlik "temiryo'lchilar" tomonida bo'lgandi. O'zbekiston Kubogi doirasidagi yirik mag'lubiyatdan keyin "Lokomotiv" ichki chempionatda "Paxtakor"ni taslim etgandi.

Bu gal hammasi qaytadan boshlanadi. Yangi mavsum oldidan har ikkala jamoa tarkibida keskin o'zgarishlar kuzatildi. "Loko"ni etakchi Nesterov, Maxaradze, Aliboev, Bikmaev kabi etakchi futbolchilari tark etishgan bo'lsa, "Paxtakor"dan o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Tiago Bezerra, to'purarlar poygasida Bezerradan keyingi o'rinni egallagan Gonsalvesh kabi legionerlar ketishdi.

"Loko" yo'qotishlar o'rnini Yovan Jokich, Aziz Haydarov, Avaz O'lmasaliev, Jamshid Iskanderov, Arslonmurot Amanov va Javohir Ilyosov kabi tajribali va iqtidorli futbolchilar bilan qopladi.

"Paxtakor"ning transfer kampaniyasi Marat Bikmaev, Doston Hamdamov, Sanjar Quvvatov, Akrom Komilov, Sadriddin Abdullaev, Javohir Sidiqov, Sardor Sobirxo'jaev, Odiljon Hamrobekov kabi mahoratli nomlar bilan shov-shuvli chiqdi.

Bir qarashda har ikkala jamoa o'zagi qaysidir manoda yangilandi. Lekin butkul o'zgarib ketgani yo'q. Ayniqsa mudofaa chizig'i har ikkala jamoada barqarorlikni saqlab turibdi. Aynan mazkur chiziqda o'zgarishlar kuzatilgani yo'q. Maydon markazi vakillari har ikkala jamoa - "Paxtakor" (Hamrobekov, Sidiqov, Sobirxo'jaev, Abdullaev) va "Loko"da (O'lmasaliev, Jokich, Haydarov, Iskanderov) ham butkul yangilandi. Hujum chizig'ida (Bikmaev/Raevac) esa bir nafardan yangi nomlar keldi. Qanotlar ham bir xilda yangi nomlar ("Paxtakor": Hamdamov, Komilov - "Loko": Hoshimov, Amanov) bilan kuchaytirildi. Qizig'i, darvozabonlar borasida ham o'xshashlik mavjud: Quvvatov-Ilyosov

Garchi "Paxtakor" va "Loko" uchun chempionat endigina boshlanadigan bo'lsada, mazkur jamoalar uchun yangi mavsum ancha avval start olgandi. "Paxtakor" bundan 1 oycha avval OCHL doirasidagi bahs orqali ishga kirishgan bo'lsa, "Loko" sal kam bir oy oldin O'zbekiston Superkubogi orqali mavsumni boshlab olgandi.

"Paxtakor" derbiga qadar jami 4 uchrashuvda maydonga tushdi va bunda 3 g'alaba va 1 durang qayd etdi. OCHL saralash bosqichida "Ey Fors" (2:1), pley-offda "Al Nasr" (2:1), OCHL guruh bosqichida "Persepolis" (1:1) bilan durang va "Al Ahli" (1:0) ustidan qozonilgan g'alaba. Jamoa hozircha mag'lub bo'lgani yo'q. To'plar nisbati: 6-3. "Paxtakor" safida har bir uchrashuvda gol urayotgan Marat Bikmaev hisobida 4 gol, CHeran va Masharipovdan bittadan gol mavjud.


Bu qiziq. O'tgan yil "Lokomotiv" safida diskvalifikaciya qilingan Bikmaev bu yil "Lokomotiv"ga qarshi o'ynamaydi         


"Loko" esa hozircha 3ta rasmiy o'yinda ishtirok etdi va 2 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etildi. O'zbekiston Superkubogida AGMK (2:1) taslim etilgan bo'lsa, OCHL doirasidagi 1-turda Toshkentda "Al Vahda" (2:0) engildi va Qatarda "Al Rayan"dan (1:2) mag'lubiyatga uchraldi. To'plar nisbati: 5-3. Temurxo'ja Abduxoliqov 3 uchrashuvda 2ta gol kiritdi. Yovan Jokich ham yangi jamoasidagi gollari sonini ochib olgan. SHuningdek, Islom To'xtaxo'jaev va Diyor Turopov hisobida ham bittadan gol mavjud.

Derbi oldidan jamoalar etarlicha uchrashuv o'tkazishdi va chempionat starti oldidan malum miqdorda jamoaviy o'yinni shakllantirib, yo'lga qo'yib olishdi.

Hozircha Osiyoda "Paxtakor"ni xafa qilishga qodir jamoa topilmadi. "Loko"ni esa Qatarda "Al Rayan" ranjitgan holda jo'natib yubordi. Bugungi derbida "Paxtakor" FIFA kunlari munosabati bilan bo'ladigan tanaffusga yaxshi kayfiyatda yo'l olishni maqsad qilsa, "Loko" aksincha, Qatardan qolgan alamini "Paxtakor"dan olishga va ularni ham yangi mavsum startidagi alo kayfiyatini buzishga astoydil urinib ko'radi. Bu orqali esa jamoalar chempionlik uchun kurashdagi dastlabki yo'lda ilk ustunlikni o'z tomoniga og'dirishga urinib ko'rishadi.

"Paxtakor" va "Lokomotiv" safida ham o'zining sobiq jamoasiga qarshi maydonga o'zgacha kayfiyatda va nimanidir astoydil isbotlashga harakat qiladigan futbolchilar etarlicha topilishi ham o'yin ahamiyatini, bellashuv afishasini qiziqarliroq qilishga qodir.

Xullas bugun qiziqarli va "qaynoq" o'tishi kutilayotgan derbida qizg'in va keskin futbol ko'ramiz.

Paxtakor

Igor Sergeyev - 53', Dragan CHeran - 61', Dragan CHeran - 63'

Superliga. 1-tur

16/03/2019, 18:00

1
:
3
Tugadi

Lokomotiv

Arslanmirat Amanov - 73'

Bosh hakam: SHerzod Qosimov

45'
90'
53'  Igor Sergeyev
53'  Jaloliddin Masharipov
54'  Egor Krimets
61'  Dragan CHeran
63'  Dragan CHeran
63'  Dostonbek Hamdamov
69'  Xozhiakbar Alizhonov
72'  Dostonbek Hamdamov (ZHasur YAxshiboev)
80'  Sadriddin Abdullayev (Sardor Sobirxo’jayev)
88'  Jaloliddin Masharipov (Javohir Sidiqov)
10'  Azizbek Amonov
29'  Diyor Turopov
46'  Azizbek Amonov (Husniddin G’ofurov)
50'  Davron Hoshimov
60'  Jamshid Iskanderov
61'  Jamshid Iskanderov (Arslanmirat Amanov)
66'  Temurxo’ja Abduxoliqov
68'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Filip Rayevac)
73'  Arslanmirat Amanov
73'  Davron Hoshimov
90'  Husniddin G’ofurov

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика