So’nggi yangiliklar

19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   3 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  0 18:39Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди  0 17:55Суперлига. "Шўртан" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  4 17:44УЕФА "Барселона"га рухсат берди  3 17:27"Гулистон" қайтмоқда. Жамоа иккинчи лигада чемпион бўлди  2 17:24Максим Шацких: “Мухлисларнинг қўллаб-қувватловини доимо ҳис қилиб турдим. Барчага раҳмат”  7 17:12Италиялик мутахассис: "Миллий терма жамоадаги имконият учун Фабио Каннаваро ва ЎФАга миннатдорчилик билдираман"  3 16:54"Барселона" 2005 йил "Бернабеу"даги тарихий ғалабага бағишланган 4-комплект формасини тақдим этди  4 16:05"Globe Soccer Awards" йилнинг энг яхши футболчиси номига даъвогарлар эълон қилинди — олти карра совриндор Роналду рўйхатдан жой олмади  22 14:50Суперлига-2026. Учрашувлар интенсивлигини ошириш масаласида навбатдаги қадамлар  5 14:43ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-17 Жаҳон чемпионати. Италия - Ўзбекистон (3:2)  2 14:34Суперлиганинг 29-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  0

CSKA so'nggi daqiqada o'tkazib yuborilgan gol evaziga mag'lub bo'ldi. Fayzullaev 86 daqiqa harakat qildi Yangiliklar

CSKA so'nggi daqiqada o'tkazib yuborilgan gol evaziga mag'lub bo'ldi. Fayzullaev 86 daqiqa harakat qildi

CSKA - "Lokomotiv" bahsi yakunlandi.

Mezbonlarning bugungi uchrashuvi uchun tarkibi malum. "Armiyachilar" tarkibida Abbosbek Fayzullaev uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi.


CSKA – Lokomotiv 0:1

Gol: 0:1 – 90 Tiknizyan.

CSKA – Akinfeev, Moyzes, Villian, Diveev, Krugovoy (Lukin, 87), Gayich (Xelven, 87), Zdelar, Oblyakov, Fayzullaev (Jemaletdinov, 87), Musaev (Koyta, 73), Davila (Yakovlev, 90+3).

Lokomotiv – Lantratov, Silyanov, Morozov, Nyamsi, Nenaxov (Tiknizyan, 76), Samoshnikov, Barinov (Timofeev, 66), Karpukas (Sarveli, 77), Pinyaev (Rakov, 61), Batrakov, Vorobev (Suleymanov, 76).

Ogohlantirish: Diveev (23), Musaev (28), Morozov (30), Karpukas (38), Rakov (88).


YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI

Hakam ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berdi

90. GOOL. Nair Tiknizyan asosiy bo'limning so'nggi daqiqasida gol urdi va mehmonlarni oldinga olib chiqdi

86. Abbosbek Fayzullaev uchun bahs yakunlandi. Uning o'rniga uchrashuvni Jemaletdinov yakunlab qo'yadi

83. Abbosning ajoyib uzatmasini Gaich to'xtata olmadi

75. Abbos qo'pollik ishlatdi

72. ZARBAAA. Abbos hisobni ochishga juda yaqin kelgandi. Ammo uning zarbasini so'nggi soniyalarda raqib himoyachi qaytardi. Mezbonlar yana bir burchak zarbasiga ega bo'ldi

69. Mezbonlarda navbatdagi xavfli hujum. Roshaning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi

68. Abbosning uzatmasidan so'ng xavfli vaziyat sodir bo'ldi, biroq raqib himoyasi o'z o'rnida

61. O'zgarish: Sergey Pinyaevning o'rniga Rakov tushdi

56. Danil Krugovoy ajoyib imkoniyatga chiqib borgandi, biroq uning zarbasini darvozabon ushlab oldi. Hujumni esa Fayzullaev boshlab bergandi

54. Ikkinchi bo'limda mehmonlar ko'proq to'pga egalik qilishmoqda

47. Abbos qanotdan qochib ketishga harakat qildi, biroq to'p yon chiziqdan o'tib ketdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob 0:0. Biroq uchrashuv ancha qiziqarli o'tmoqda

Hakam birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berdi

39. Abbosbek Fayzullaevning jarimadan uzatgan to'pini Moyzes boshi bilan zarba yo'lladi, biroq noaniq

38. Ogohlantirish: Artem Karpukas hakam tomonidan ogohlantirildi

32. Milan Gaichning kuchli zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

29. OgohlantirishJamoalar ancha qo'pol o'ynashmoqda. Bu safar "Lokomotiv" vakili Evgeniy Morozov ogohlantirildi

27. Ogolantirish: Yana mezbonlar futbolchisi. Bu safar Tamerlan Musaev hakam tomonidan ogohlantirildi

23. Ogohlantirish: Milan Gayich hakam tomonidan ogohlantirildi

21. Moyzesning ajoyib zarbasidan so'ng yana to'p Davilaga etib keldi. Uning bu safargi ajoyib zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

17. Davilada navbatdagi imkoniyat, biroq uning yana bir zarbasini darvozabon ushlab oldi

13. Abbos qanotda ajoyib tarzda harakat qildi va to'pni Davilaga uzatdi, mezbonlar hujumchining kuchli va aniq zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

9. Moyzesning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi

5. Burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng Rosha boshi bilan zarba yo'lladi, mezbonlarning ilk vaziyatlari xavfli chiqdi

3. Abbosbek Fayzullaev uchrashuvda ilk bor to'pni egalladi va bir raqibdan o'tishga harakat qildi, biroq himoyachi ham yaxshi harakat qildi

UCHRASHUV BOSHLANDI

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика