So’nggi yangiliklar

00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:39Англия лига кубоги. ​"Кардифф Сити" – "Челси". Таркиблар маълум  1 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  5 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 00:06Испания кубоги. "Гвадалахара" – "Барселона": Тер Штеген бу мавсумдаги илк ўйинида майдонга тушади  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  9 23:35Расман: "Динамо" франциялик ҳимоячи билан шартнома имзолади. Унинг охирги клуби – "Аяччо"  9 23:12Дембеле, Ямал, Беллингем, Пальмер – ФИФА 2025 йилги рамзий терма жамоани эълон қилди  5 22:44Усмон Дембеле ФИФА талқинига кўра йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди!  9 22:33The Best: Луис Энрике ФИФА талқинига кўра йил мураббийи деб топилди  2 22:14Сауль: "Реал"нинг мухлислари йўқ. Стадионга борсангиз, ҳеч нарсани ҳис қилмайсиз"  8 21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  3 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  4

CSKAda murabbiylar almashinuvi. Endi Fayzullaevning CSKAdagi faoliyati qanday kechadi? Yangiliklar

CSKAda murabbiylar almashinuvi. Endi Fayzullaevning CSKAdagi faoliyati qanday kechadi?

Abbos Fayzullaev to'p tepayotgan CSKA klubida murabbiylar almashinuvi.

Abbos Fayzullaev to'p tepayotgan CSKA klubida murabbiylar almashinuvi yuz berdi. Serbiyalik mutaxassis Marko Nikolich rasman jamoani tark etdi. U 2024 yil iyunida jamoani qabul qilib olgan edi.

Hamyurtimiz Nikolich qo'l ostida o'tgan mavsumda RPL va Rossiya Kubogida jami 39ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol va 8ta assist qayd etdi. CSKA mavsum yakunlariga Rossiya chempionatining bronza medallarini va Rossiya Kubogini qo'lga kiritdi.


Yangi bosh murabbiy haqida

Marko Nikolichdan keyin vakant qolgan poziciyani katta ehtimol bilan 49 yoshlik Fabio Chelestini egallaydi. 



Chelestining so'nggi jamoasi "Bazel" klubi edi. Fayzullaevning bo'lajak ustozi o'tgan mavsumda "Bazel"ni 2017yildan ilk marotaba Shveycariya chempioniga  aylantirdi. 2021 yili esa "Lyucern" klubi bilan Shveycariya Kubogida zafar quchgan. Mutaxassis bunga qadar "Son", "Lyucern", "Lozanna", "Lugano" va "Terrachina" klublarida faoliyat yuritgan.

Futbolchilik faoliyatini esa asosan Franciya va Ispaniya  klublarida o'tkazgan. "Marsel", "Trua", "Xetafe" va "Levante" jamoalarida safida jami 100tadan ko'p o'yin o'tkazgan.

2023 yil oktyabrida "Bazel"da inqiroz davri edi,  Shveycariya grandi musobaqa jadvalida so'nggi o'rinda borayotgan chog'i Fabio Chelestini klubni qo'lga oldi va tez orada yaxshi "krizis menejer" ekanligini isbotlay oldi. Avvalroq aytib o'tganimizdek, "Bazel" o'tgan mavsumda 2017 yildan ilk bor chempionat oltin medallarini qo'lga kiritdi va Kubok bahslarida g'olib chiqdi. Shuningdek, Chelestini yaqin o'tmishdagi yorqin o'yinlari bilan yodda qolgan Jerdan Shakiri qayta kashf etdi. Murabbiy Shakirini "desyatka" poziciyasiga o'tkazdi va himoyadagi vazifalaridan ozod qildi. Natijada 33 yoshli tajribali futbolchi o'tgan mavsumda 21ta gol urdi va 22ta golli qayd etdi. Shu bilan birga, Chelestini yosh o'yinchilarga faol ishonch bildirishi bilan mashhur. O'tgan mavsum "Bazel"da eng ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lgan futbolchilar o'ntaligiga 21-23 yoshli futbolchilar joy olishgan. Shveycariyalik mutaxassisning ushbu jihati, shubhasiz, Abbos Fayzullaevga qo'l kelishi mumkin.


Chelestini uslubi

Chelestini 4-2-3-1 taktikasini deyarli mukammal darajaga etkazdi. "Bazel" Chelestini qo'l ostida ketma-ket uchta o'yinda raqiblar darvozasiga beshtadan gol urib, milliy rekord o'rnatgan. Umuman olganda, jamoa Shveycariya Superligasining 38 o'yinida 91 ta gol urdi. Har bir o'yinda o'rtacha 2.4ta gol. O'tgan mavsumda kerakli pallada "Bazel" asosiy taktikasidan voz kechib, ayrim uchrashuvlarda uch markaziy himoyachi bilan ham harakatlandi.

Chelestini uslubi Fayzullaev kabi kreativ hujum chizig'i vakillariga qo'l kelishi mumkin. Dribling, tezkorlik va noodatiy fikrlash qobiliyatiga ega Abbos Fayzullaev qanot vingeri yoki "desyatka" poziciyasida foydalanishi mumkin. Chelestini yosh futbolchilarga ishonch bildirishini hisobga olsak, Abbos Fayzullaev katta ehtimol hujumdagi asosiy figuralardan biriga aylanadi.


Abdulvosit Bektemirov tayyorladi


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика