CSKA sobiq yordamchi murabbiyi: "Abbosni RPLning ko'plab jamoalariga taklif qilishgan, biroq yakunda deyarli barcha jamoa rad javobini bergan"
03 okt 2024 09:53
Yangiliklar
CSKA sobiq yordamchi murabbiyi: "Abbosni RPLning ko'plab jamoalariga taklif qilishgan, biroq yakunda deyarli barcha jamoa rad javobini bergan"
CSKA sobiq yordamchi murabbiyi Oleg Fomenko Abbosbek Fayzullaevning "Paxtakor"dan transfer qilingan vaqtlarni esladi.
Eshitishimcha, dastlab Fedotov Fayzullaevni sotib olishga shubha bilan qaragan. Bu rostmi?
— Nafaqat Fedotov. Abbosni RPLning ko'plab jamoalariga taklif qilishgan, biroq yakunda deyarli barcha jamoa rad javobini bergan.
Nima sababdan shubhalar bo'lgan?
— RPLda asosan jismonan kuchga asoslangan futbol o'ynaladi. Abbosning gavdasi kichikligi ko'plab savollarni tug'dirardi. Biroq Fayzullaev barchani yaxshi manoda hayratga qoldira oldi. U ham inson, ham futbolchi sifatida barchani ko'nglidan joy ola bildi. Biz uni kelajak uchun harid qilgandik. Biroq u tezda jamoaga kirishib ketdi va asosiy tarkib futbolchisi ekanligini isbotladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar