So’nggi yangiliklar

19:05Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  3 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  0 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  3 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  10 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  7 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0

#CR7 iyul! Yangiliklar

#CR7 iyul!

Bundan roppa-rosa 9 yil avval "Real" azosiga aylangan Jahonning eng kuchli ikki futbolchisi biri bo'lib turgan Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga o'tishi tobora oydinlashib bormoqda.

Italiya va Ispaniya nashrlari bor etiborlarini Rossiyada bo'lib o'tayotgan mundialga emas, balki Ronaldu mavzusiga qaratishgan. Har daqiqada, har soatda Ronaldu borasidagi xabarlar ko'paymoqda. Voqealar rivoji esa Krishtianu Ronalduni tobora Turinga yaqinlashtirmoqda.


Krishtianu Ronalduning "Real"dagi natijalari:

ECHL: chempion (2014, 2016, 2017, 2018)
Klublar o'rtasidagi JCH g'olibi:  (2014, 2016, 2017)
La Liga chempioni: (2012, 2017)
Ispaniya kubogi sohibi: (2011, 2014)
Ispaniya superkubogi sohibi: (2012, 2017)
UEFA superkubogi sohibi: (2014, 2017)  
"Oltin to'p" sohibi: (2013, 2014, 2016, 2017)
"Real"dagi gollari: 450


Ispaniyaning "Real"ga ixtisoslashgan mashhur nashri "Marca" va Italiyadagi eng avtoritet gazeta sanalgan "La Gazzetta Dello Sport" va boshqa bir qator gazetalarning muqovasi Ronalduning "Yuventus"ga kelishiga bag'ishlanmoqda.

Ayni paytda "Real" prezidenti Florentino Peres Ronalduni "Yuventus"ga qo'yib yuborishga qarshi emas, deb yozmoqda Ispaniya nashrlari. Faqat Peresni istagi shuki, Ronaldu "Real"dan "Yuventus"ga o'tmoqchi ekanligini oshkora o'zi elon qilishini xohlamoqda. Peres Kasilyas bilan bo'lgan voqeani takrorlanishini istamayapti. CHunki Iker Kasilyasni jamoadan ketishiga muxlislar aynan "Real"ni ayblagan edi. Peres esa Ronaldu masalasida ham bu takrorlanishini istamayapti. Ronaldu esa Peresni jentelmentlik kelishuvini buzganidan g'azabda.

"Marca" nashri Ronaldu "Yuventus" prezidenti Andrea Anelliga Turinga o'tishga vada bergani haqida bong urdi. Anelli va Ronaldu telefon orqali 28 marotaba suhbatlashgani haqida ham ispan nashri yozmoqda.

"Yuventus" ustozi Massimilliano Allegri esa Ronalduning jamoaga kelayotganidan xabar topgach tatilidan vaqtli qaytgan va klub ofisiga kelib transfer masalalarini hal etishga kirishgan.

Italiya nashrlari esa #CR7 iyul kuni "Yuventus" shov-shuvli transferni elon qilishi kutilayotgani haqida yozmoqda.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика