So’nggi yangiliklar

22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  0 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  6 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0 20:22Эрон. "Персеполис" сафарда ғалабага эришди ва пешқадам бўлиб олди  0 19:49Каталония дербиси қайноқ ўтади. "Эспаньол" "Барселона"га қарши ўйин олдидан эҳтиёт чораларини кўрмоқда  3 19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  1 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  3 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  7 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  1 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  3

Coca Cola Superligasi. "Surxon" "Dinamo"dan "tarsaki" edi, Bikmaevdan xet-trik! Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Surxon" "Dinamo"dan "tarsaki" edi, Bikmaevdan xet-trik!

Teglar :  SurxonDinamo
Coca Cola Superligasining 25-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Dinamo" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning onlayn natijasini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 

 

O'yinning 16-daqiqasida o'ng qanotdan SHohruh Abdurahmonov reyd uyushtirdi va to'pni jarima maydoniga uzatdi, Farhod Rahmatov oyoqlari bilan to'pni qaytardi. Qaytgan to'pni Abdujamol Isroilov darvozaga aniq yo'lladi - 0:1.

28-daqiqada Bobur Mamadaminovning chap qanotdan tashkil etgan reydidan keyin Marat Bikmaev gol urdi - 0:2.

40-daqiqada Abdurahmonov o'ng qanotdan uzatgan to'pni Bikmaev darvozaga yo'lladi - 0:3. Birinchi taymda mana shu hisob qayd etildi.

57-daqiqada Marat Bikmaev birga bir vaziyatdan gol urdi va xet-trikka erishdi - 0:4.

86-daqiqada "Dinamo" darvozasiga penalti belgilandi. Yovanovich Bobojonovni yiqitdi. 88-daqiqada Ruben Sanches penaltidan hisobni qisqartirdi - 1:4. Uchrashuvda "Dinamo" yirik g'alabaga erishdi.


Coca Cola Superliga. 25-tur
"Surxon" — "Dinamo" 1:4
7 noyabr 2022 yil. Toshkent. "Jar" stadioni. 14:00
Hakamlar:
Vadim Agishev, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Nayim Qosimov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Zohirjon Akramxonov

Gollar: Abdujamol Isroilov 16, - 0:1. Marat Bikmaev 28, - 0:2 (Bobur Mamadaminov). Marat Bikmaev 40, - 0:3 (SHohruh Abdurahmonov). Marat Bikmaev 57, - 0:4. Ruben Sanches 88 penalti, - 1:4.

"Surxon": 13.Azizxon Isoqov, 3.Bobirjon Akbarov, 4.Javohir Sohibov, 6.Jahongir Ahmadov (11.Luis Migel, 46), 7.Islomjon Toshpo'latov, 10.Murodbek Bobojonov, 14.Ruben Sanches Peres, 19.Nuriddin Hasanov (23.Abdulaziz Yusupov, 66), 26.Ulug'bek Abdullaev, 66.Behruz SHaydulov, 99.Komron Saydazimov.
Zaxira: 1.Azamat Ahmedov, 2.Zoir Jo'raboev, 17.Ibrohim G'anixonov, 20.Iqboljon Malikjonov, 31.Asilbek Temirov, 33.Tohirjon SHamshitdinov, 55.SHarafiddin SHobirov.

"Dinamo":
1.Farhod Rahmatov, 5.Mixaylo Yovanovich, 6.Ibrohim Yo'ldoshev (18.Mehriddin Musurmonov, 65), 7.SHohruh Abdurahmonov (21.SHohruh Mahmudhojiev, 87), 11.Sahob Rashidov (9.To'lqin Ergashev, 65), 15.Jo'rabek Mannonov (19.Islom SHaripov, 75), 16.Bobur Mamadaminov, 17.Erkin Baydullaev (88.Evgeniy CHumak, 87), 22.Abdujamol Isroilov, 27.Marat Bikmaev, 78.Elguja Grigalashvili.
Zaxira: 12.Miloe Prekovich, 4.Doston Foteev, 8.Azim Mirzaev, 77.Vohidjon Oqbo'taev. 

Ogohlantirishlar: Erkin Baydullaev 42, SHohruh Abdurahmonov 42, Elguja Grigalashvili 45, Kamron Saydazimov 52, Murod Bobojonov 82, To'lqin Ergashev 84, Mixaylo Yovanovich 87, Abdulaziz Yusupov 90+2.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика