Coca Cola Superligasi. 21-tur diskvalifikaciyalari: "So'g'diyona" va "Qizilqum"da 3 tadan yo'qotish
07 okt 2022 13:20
Yangiliklar
Coca Cola Superligasi. 21-tur diskvalifikaciyalari: "So'g'diyona" va "Qizilqum"da 3 tadan yo'qotish
O'zPFL bugun start oladigan 21-turda diskvalifikaciyaga uchragan futbolchilar ro'yxatini elon qildi.
Unga ko'ra bo'lajak turni "So'g'diyona" va "Qizilqum"dan bir yo'la 3 nafardan futbolchi o'tkazib yuboradi. "Metallurg" hamda "Lokomotiv"dan esa bir nafardan o'yinchi maydonga tusha olmaydi.
21-tur diskvalifikaciyalari:
Ignatiy Nesterov ("Qizilqum")
Temurxo'ja Abduxoliqov ("Qizilqum")
Oleg Zoteev ("Qizilqum")
Samuel Opeh ("Lokomotiv")
Zabihillo O'rinboev ("Metallurg")
Sardor Qulmatov ("So'g'diyona")
Iskandar SHoyqulov ("So'g'diyona")
Abdujalil Manazarov ("So'g'diyona")

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar