So’nggi yangiliklar

14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  1 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  1 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  2 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  1 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  5 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  16 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  14 08:47Расман: "Барселона" юлдузларидан бири жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  4 08:20Саудия қироли кубоги. "Олтин тўп" соҳиблари майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" ва "Ал Иттиҳод" кейинг босқичга чиқди  1

Coca Cola Superliga. "So'g'diyona" penaltidan urilgan gol evaziga "Turon"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "So'g'diyona" penaltidan urilgan gol evaziga "Turon"ni mag'lub etdi

Teglar :  So'g'diyonaTuron
Coca Cola Superliganing 2-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Turon" uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.


Coca Cola Superliga, 2-tur.
SO'G'DIYONA – TURON - 1:0

Gol: Norxonov 53.
14 mart 2021 yil. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 17:00
Hakamlar:
Viktor Serazitdinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Asker Najafaliev
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Aleksandr Davidenko

"So'g'diyona": 1.SHirinboy Abdullaev, 2.Sardor Qulmatov, 4.Elyor Orifov, 6.Iskandar SHaykulov, 7.Arslanmirat Amanov, (20.Bahodir Nasimov), 8.Jamshid Boltaboev, 10.SHohruz Norxonov (63.Asiljon Begimqulov 77), 19.Javohir Qahramonov, 28.Ergash Ismoilov (11.Jasur Xasanov 76), 31.Luka CHermel, 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 37.Alisher Pirmatov, 9.Oybek Nurmatov, 17.SHohboz Jo'rabekov, 77.Sahob Rashidov.

"Turon": 96.Islom Abdullaev, 2.Abduqahhor Hojiakbarov, 5.G'iyosjon Komilov, 7.Kvame Karikari (18.Fozil Musaev 74), 9.Jasurbek Hakimov, 10.Javohir Sohibov (3.Davronbek Umirov 46), 17.Muzaffar Muzaffarov, 19.Vladislav Kasminin, 30.Sinisha Babich (23.Abdurahmon Abdulhakov 59), 32.Jahongir Mehmonov, 55.Dayan Ponevich.
Zaxira: 1.Mirzohid Jalilov, 4.Asliddin Toshtemirov, 43.Kim Boyong, 77.Bilolxon Toshmirzaev.

Ogohlantirishlar: Hakimov 9, Kasminin 27, Karikari 30, Muzaffarov 30, SHaykulov 60, Abdulhaqov 88.


YANGILASH 


O'yin yakunlandi. Unda "So'g'diyona" kichik hisobda g'alabaga erishdi.

90+1. Futbolchilar asabiylashishmoqda. Ular o'zaro talashib qolishmoqda.

90. Ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun to'rt daqiqa vaqt qo'shib berildi. 

88. Abdurahmon Abdulhaqovga ham sariq kartochka.

85. Havodagi kurashda kichik to'qnashuv. Bu vaziyatda "So'g'diyona" foydasiga jarima zarbasi belgilandi. Jarimadan esa mezbonlar foydalana olishmadi. 

84. Yaypanliklarning yana bir hujumi samarasiz bo'ldi. 

77. SHohruz Norxonov o'rniga Asiljon Begimqulov maydonga tushdi.

76. "So'g'diyona" tarkibida Ergash Ismoilov o'rniga Jasur Hasanov maydonga tushirildi.

74. O'zgarish: "Turon" safida Kvame Karikari o'rniga Fozil Musaev o'yinni tugatib qo'yadi.

70. Hakam bilan bahslashgani uchun "Turon" bosh murabbiyi Murod Ismoilovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

Penalti belgilangan vaziyat. Siz qanday fikrdasiz? Bu vaziyatda penalti bormidi?



63. CHermelning jarimadan bergan zarbasini Islomjon Abdullaev egallab oldi.

60. Iskandar SHaykulov raqibga nisbatan o'yin qoidasini buzdi va sariq kartochka bilan jazolandi.

59. "Turon" tarkibida Babich o'rniga Abdulhaqov o'yinni davom ettiradi.

53. GOL! Norxonov penaltidan hisobni ochdi.

51. Mezbonlar futbolchisining zarbasidan so'ng to'p "Turon" futbolchisi elkasiga tegdi. Hakam esa ushbu vaziyatda penalti belgiladi...

50. Zarbaaa! Panjevichning chap oyoqda bergan zarbasi raqib darvozasi to'riga tashqi tomondan tegdi.

46. Ikkita o'zgarish: "So'g'diyona" safida Amanovning o'rniga Bahodir Nasimov, "Turon" tarkibida esa Javohir Sohibov o'rniga Davron Umirov maydonga tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

TANAFFUS

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. 

45+1. Karikari to'pga yaxshi zarba bera olmadi. 

45. Birinchi bo'limga ikki daqiqa vaqt qo'shib berildi. 

44. Mezbonlardan yana bir hujum. "Turon" darvozaboni bosh bilan berilgan zarbani osonlik bilan egallab oldi.

38. "So'g'diyona" futbolchilari tezkor qarshi hujum uyushtirishgandi. Ammo Norxonov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

35. "Turon" futbolchilari yana o'ng qanot orqali oldinga o'tishga urinishdi. Ammo raqib futbolchisiga nisbatan o'yin qoidasi buzildi ushbu hujum vaqtida. 

30. Muzaffar Muzaffarovga ham sariq kartochka. Mehmonlarning to'rt nafar futbolchisi "sariq ishlab olishga" ulgurdi.

30. Karikari raqib futbolchisiga nisbatan o'yin qoidasini buzgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

29. Muzaffarovning jarimadan bergan zarbasi "So'g'diyona" futbolchisining "jonli devor"da turgan futbolchisi qo'liga tegdi. Ammo ushbu vaziyatni hakam ko'rmay qoldi shekilli, o'yin davom ettirildi. 

27. Vladislav Kasminin Iskandar SHoyqulovga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

20. Mezbonlar oldinga intilishmoqda.

16. "Turon" futbolchilari raqib darvozasi tomon bosim qilishdi. Ammo ushbu hujum samarasiz yakunlandi.

12. "So'g'diyona" vakillarining hujumi. O'ng qanot orqali uyushtirilgan hujum xavfli ko'rinish oldi.

9. Jasurbek Hakimovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

5. Mezbonlar jarima to'pi tepishdi. Islom Abdullaev o'z o'rnida.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Reyting: -42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика